Kontent qismiga oʻtish

Moniylik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Moniylik (forscha: آیین مانی Ãyīnⁱ Mānī)[1] — 3-asrda Eronda[2] vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy.[3][4] Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi oʻzaro kurashni eʼtirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka koʻra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik taʼlimotiga koʻra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi)dan iborat mavjudot boʻlgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan.Moniyning falsafiy axloqiy qarashlari uning tavbanomasi "Xuastuanift" asarida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik gʻoyalari mavjud. Moniylik dunyoning koʻp mamlakatlariga, jumladan, Italiyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. 8-asrda Uygʻur xonligida hukmron dinga aylangan. Moniylik 8—9-asrlarda islom tarafdorlarining taʼqibiga uchradi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u 14-asrga kelib taqiqlandi.[5]

  1. R. van den Broek, Wouter J. Hanegraaff Gnosis and Hermeticism from Antiquity to Modern TimesSUNY Press, 1998 ISBN 9780791436110 p. 37
  2. "Mani (Iranian prophet)". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/362129/Mani. Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil. 
  3. "Manichaeism". Encyclopædia Britannica. Archived from the original on 3-iyun 2013-yil. https://web.archive.org/web/20130603132721/http://www-bcf.usc.edu/~sbriggs/Britannica/manichaeism.htm. Qaraldi: 4-sentabr 2013-yil. 
  4. „Manichaeism“. New Advent Encyclopedia. Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil