Kontent qismiga oʻtish

Monomerlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monomerlar (mono... va yun. meros — qism) — molekulalari oʻzaro taʼsirlanib (polimerlanish yoki polikondensatlanish) yoki boshqa moddalarning molekulalari bilan reaksiyaga kirishib polimerlar hosil qiladigan quyi molekulali moddalar. Polimerlanishda qatnashuvchi koʻpchilik M. quyidagi ikki sinfdan biriga taalluqli boʻladi: 1) karrali bogʻlar S=S, S=S, S=O, C=N va boshqalarning buzilishi natijasida polimerlanuvchi birikmalar (olefinlar, diyen va atsetilen uglevodorodlari, aldegidlar, nitrillar va hokazo); 2) siklik guruhlarning buzilishi natijasida polimerlanuvchi birikmalar, mas, olefin oksidlari, laktamlar, laktonlar. Funksional guruhi bor boʻlgan birikmalar (mas, dikarbon kislotalar, aminokislotalar, glikollar, fenollar, diaminlar) ham M. sifatida ishlatilishi mumkin. Sopolimerlanish yoki sopolikondensatlanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi M. somonomerlar deb ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil