Kontent qismiga oʻtish

Monotip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monotip (mono... va yun. typos —.nus-xa) — murakkab matnlarni terish uchun harf kuyadigan avtomat mashina. Asosiy qismlari: harf terishdasturlash ap-parati va harf quyish apparati. Ayrim literalirdan iborat satrlar hosil qiladi. M.ni 1897 amerikalik T. Lanston ixtiro qilgan. Harf quyish avtomatini boshqarish dasturi maxsus qurilma yordamida hosil qilinadi. Dastur keng perfolentadan iborat; har qaysi belgiga 1—4 teshikni oʻz ichiga olgan maʼlum kombinatsiya toʻgʻri keladi. Harf quyish apparatida matritsa ramkasi, quyish qolipi va apparati boʻladi. Matritsa ramkasiga matritsalar mahkamlanadi, perfolenta "buyrugʻi"ga muvofiq, matritsa ramkasi suriladi va matritsa qolip ustiga turib qoladi. Soʻngra matritsadagi chuqurchalar bilan birga qolipga bosim ostida suyuq qotishma toʻladi, natijada zarur belgilar literasi yoki probellar (soʻzlar orasi) kuyiladi. Tayyor litera va probellar satr kanaliga turtib chikariladi. Ayrim litera va probellardan bir xil uzunlikdagi shrift satrlari shakllanadi-, satrlardan esa nabor grankasi tuzil adi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil