Monreal universiteti
Qiyofa
Asos solingan sanasi | 1876-yil |
---|
Monreal universiteti — Kanadadagi fransuz tilida dare oʻtiladigan yirik universitetlardan biri. Kvebekdagi Laval universiteti (1852)ning filiali sifatida 1876-yilda tashkil etilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, filologiya, tabiiy fanlar, farmatsevtika, ijtimoiy fanlar, musiqa va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 50 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,2 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |