Kontent qismiga oʻtish

Montaj (ijodiy jarayon)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Montaj (frans. montage — yigʻish) — radioeshittirish, televideniye, estrada sanʼati, suratkashlik va, ayniqsa, film yaratishdagi ijodiy va texnik jarayon; suratga olingan alohida kadrlarni tanlash va ularni bir-biri bilan bogʻlash. Odatda, eshittirish, koʻrsatuv tayyor boʻlgach, filmni suratga olish tugallangach, M. ishlari boshlanadi. M. vaqtida ssenariy va rejissura talablari asosida surat parchalari ajratib olinadi va ular mazmuniga qarab birbiriga yopishtirib birlashtiriladi, fonogrammalar qayta yoziladi va hokazo. Film mazmunini ochib berishda M.ning ahamiyati katta. M. ning emotsional va jonli chiqishi vo-qeaning harakteriga va aktyorning ijrosiga bogʻliq boʻladi, uning asosiy vazifasi — kadrlarning almashinuv surʼatini belgilash va rej. gʻoyasiga koʻra, tegishli joilarni taʼkidlab koʻrsatish. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil