Kontent qismiga oʻtish

Montjuïcning sehrli favvorasi

Koordinatalari: 41°22′16.15″N 02°09′06.25″E / 41.3711528°N 2.1517361°E / 41.3711528; 2.1517361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Font Màgica 2016-yil
Favvoraning kunduzgi koʻrinishi

Montjuikning sehrli favvorasi (kat. Font màgica de Montjuïc, ispancha: Fuente mágica de Montjuic) - Ispaniyaning Barselona shahri, Kataloniyadagi Montjuïc mavzesida Avinguda Mariya Cristinaning yuqorisida joylashgan favvora. Favvora Montjuik togʻidagi Palau Nacional ostida va Plaça d’Espanya hamda Poble Espanyol de Barselona yaqinida joylashgan[1]. Favvora, atrofdagi koʻplab inshootlar singari, 1929-yilda Barselona xalqaro koʻrgazmasi uchun bunyod etilgan[2].

Favvora oʻz effektini yaratish uchun 3620 reaktiv orqali soniyasiga 700 gallon suv purkaydigan qilib barpo etilgan. Eng baland suv oqimi 170 futga yetadi[3].

Sehrli favvora loyihasi 1922-yildayoq yoritiladigan favvoralarni loyihalashtiruvchi arxitektor Carles Buigas tomonidan ishlab chiqilgan. Favvora Toʻrt ustunning avvalgi oʻrnida qurilgan. Katalonizm harakatining ramziy belgisi boʻlgan ustunlar 1928-yilda Bosh vazir Miguel Primo de Rivera[4] buyrugʻi bilan buzib tashlangan va 2010-yilda asl joydan bir necha metr uzoqlikda qayta qurilgan.

Buigas oʻz loyihasini koʻrgazmadan bir yil oldin taqdim etgan, koʻpchilik bu rejani juda ambitsiyali, bajarish uchun juda oz vaqt talab etadi deb hisoblagan. Qurilish loyihasiga 3000 dan ortiq ishchi jalb qilingan. Birinchi namoyish 1929-yil 19-mayda, koʻrgazma boshlanishidan bir kun oldin boʻlib oʻtdi[5]. Favvora Ispaniya fuqarolar urushida jiddiy shikastlangan va 1955-yilgacha Buigas taʼmirlashni nazorat qilguniga qadar favvora ishlamagan[4].

1980-yillarda favvora musiqa hamda yorugʻlik shousi bilan birlashtirildi. Sehrli favvora va milliy muzey (Milliy muzey) birgalikda 1992-yilda Montjuikda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha toʻliq tiklandi. Favvora yaqinida boʻladigan spektakllarga kino, mumtoz va zamonaviy musiqalar, jumladan, "Choʻqintirgan ota", "Uzuklar humkdori", "Gladiator ", ispan sarsuela harakati, Freddie Mercury va Montserrat Cabalening „Barselona“ qoʻshigʻi va zamonaviy estrada qoʻshiqlari kiradi[6]. Spektakllar har dam olish kunlari yarim soatlik intervallarda boʻlib oʻtadi, dam olish kunlari yozgi mavsumda uning davomiylik vaqti uzaytiriladi.

  1. „Top 10 Most Magnificent Outdoor Fountains in the World“ (2015-yil 6-yanvar). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  2. Johnston. „World's most famous fountains“ (2018-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  3. „Magic Fountain Barcelona Times + Essential Visitor Info“. Qaraldi: 2019-yil 3-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „The Magic Fountain“. BCN Tourism. Ajuntament de Barcelona. 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-aprel.
  5. „The Magic Fountain of Montjuic“. Barcelona Tourist Guide. Qaraldi: 2010-yil 29-aprel.
  6. „Montjuïc's Magic Fountain has a new show based on cinema music“. Ajuntament de Barcelona (2008-yil 23-iyul). 2010-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-aprel.

41°22′16.15″N 02°09′06.25″E / 41.3711528°N 2.1517361°E / 41.3711528; 2.1517361