Monumental haykaltaroshlik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Monumental haykaltaroshlik — haykaltaroshlikttg meʼmorlik va shaharsozlik bilan bogʻliq turi. Oʻz koʻrinishiga koʻra, dumaloq (mukammal) va/)yelbe0 turlariga boʻlinadi. Monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, bevosita atrof muhit, meʼmoriy binolar bilan uygʻunlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga moʻljallanganligi uchun kattakatta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va boshqalarga oʻrnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham Monumental haykaltaroshlikga taalluklidir. Monumental haykaltaroshlikga muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik majmu-alari, shuningdek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navoiy teatri binosi oldidagi favvora va boshqalar) asarlari kiradi. Asar rangini haykal uchun ishlatilayotgan xom ashyo (marmar, granit, bronza va boshqalar) belgilaydi.
Monumental haykaltaroshlik ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq holda rivojlangan. Qad. Misrda, Gʻarbiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa sharq mamlakatlarida muhim oʻrin egallagan. Yunoniston va Rimda uning nodir namunalari yaratilgan. Oʻrta asr Yevropa mamlakatlari sanʼatida muhim rol oʻynagan: sobor, ibodatxonalar, ularni oʻrab turgan maydonlar haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan Monumental haykaltaroshlik namunalari ishlandi (Donatello, Mikelanjelo va boshqalar), 17—20-asrlarda yangi mazmun va nafis gʻoyalar bilan boyidi (L. Bernini, O. Roden, F. Kramer va boshqalar).
Oʻzbekiston hududi (Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Quva va boshqalar)da qadimda Monumental haykaltaroshlikning ajoyib namunalari yaratilgan. Arablar istilosidan ke-yin bu sanʼat turi amaliyotdan chiqib ketgan; faqat 19-asr oxiri —20-asr boshlaridan yana jonlandi. Toshkent, Samarqandda ilk namunalari (Samarqandda "Ozodlik", Toshkentda Navoiy haykali va hokazo) bunyod etildi.
Monumental haykaltaroshlikning yangi taraqqiyot davri 60—80-yillarga toʻgʻri keladi (A. Ikromov, Oy-bek, S. Rahimov, hamid Olimjon va boshqa haykallar). Ayniqsa, mustaqillikdan keyin M.x,. yangi millim mavzular bilan boyidi: Oʻzbekistonning buyuk shaxslariga meʼmoriy haykaltaroshlik majmualari, mahobatli haykallar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Fargʻoniy, Alpomish va boshqalar) barpo etildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |