Kontent qismiga oʻtish

Moos shkalasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Moos shkalasi — minerallar nisbiy qattiqligining oʻn ballik shkalasi hisoblanadi . Nemis olimi F. Moos tomonidan 1811-yilda taklif qilingan. Qattiklikning 10 ta etalonidan iborat. Moos shkalasi boʻyicha ularning joylashish tartibi quyidagicha: talk — 1; gips—2; kalsit —3; flyuorit—4; apatit—5; ortoklaz—6; kvars—7; topaz—8; korund—9; olmos—10.C Nisbiy kattiklik Moos shkalasi etaloni bilan sinalayotgan obyekt yuzasiga chizib aniqlanadi. Minerallarning faol va passiv qattiqligi farq qilinadi. Agar mineral bilan oʻzining boʻlagi tirnalganda iz qoldirsa, u faol qattik/shkka ega boʻladi (mas, olmos). Qattiqligi 5 boʻlgan etalon bilan tadqiq qilinayotgan namuna tirnalganda iz qoldirsa va u oʻz navbatida kattikligi 4 boʻlgan etalonda iz qoldirsa, u holda oʻrtadagi mineralning qattikligi 4,5 ga teng boʻladi. Moos shkalasidan minerallarga tez tashhis qoʻyishda foydalaniladi. Aniq qattiqlik esa priborlar yordamida aniqlanadi. Minerallar k.attiqligi ularning zichligi bilan bir qatorda minerallarning eng muhim konstanti hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil