Mordexay Bachayev
Mordexay Bachayev | |
---|---|
Tavalludi |
1911-yil Mari, Zakaspiyskaya viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
2007-yil Petah-Tikva, Isroil |
Taxallusi | Muhib |
Ijod qilgan tillari | Yahudiy-tojik dialekti |
Fuqaroligi |
SSSR Isroil |
Faoliyat turi | yozuvchi, shoir, tarjimon |
Mordexay Xiyayevich Bachayev (adabiy taxallusi — Muhib; 1911—2007-yillar) — yahudiy-tojik yozuvchisi va shoiri, tarjimon.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordexay Bachayev 1911-yilda Marv shahrida tugʻilgan. Tez orada uning oilasi Samarqandga koʻchib oʻtadi va u yerda boshlangʻich yahudiy diniy maktabini, keyin rus oʻrta maktabini, soʻng Toshkent universitetining pedagogika fakultetini tamomlaydi. 1930-yilda „Bayroki mihnat“ yahudiy-tojik gazetasining masʼul kotibi boʻldi. 1938-yilda Bachayev noqonuniy ravishda repressiya qilingan. 1953-yilda ozodlikka chiqib, Dushanbeda qoʻnim topgan, u yerda tarjimon va adabiy muharrir boʻlib ishlagan. 1973-yilda Isroilga muhojirlik qildi. Muhojirlikdan soʻng darhol yahudiy-tojik lahjasida oylik byulleten chiqarishni boshladi.
1927-yilda Bachayevning birinchi sheʼrlari „Roshnai“ gazetasida nashr etilgan. 30-yillar boshida uning 3 ta sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan: „Qizil bahor“, „Jamoa quvvati“ va „Mehnat ovozi“. Rus, tojik va oʻzbek tillaridan adabiy asarlarni yahudiy-tojik shevasiga tarjima qilgan. 1974-1975-yillarda surgunda „Tosh xaltada“ romanini nashr etdi. 1978-1979-yillarda „Gʻazal“, „Gulzor“ sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Injilni tojik tiliga tarjima qilish bilan shugʻullangan. Injil mavzularida bir qancha sheʼriy asarlar yozgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bachaev Mordexay — statya iz Elektronnoy evreyskoy ensiklopedii
- K 95-letiyu Muxiba — Mordexaya Xiyaevicha Bachaeva Arxivnaya kopiya ot 12 avgusta 2018 na Wayback Machine
- Шарки Р. „«Куллиёт» Мухиба“. Агентство еврейских новостей (2009-yil 22-yanvar). 2013-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-mart.
- Yakubov I. Nash velikiy patriarx Muxib[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka) // Buxarskaya gazeta. — 2011, mart. — № 196. — S. 18—19, 23.