Moro refleksi
Moro refleksi — bolalardagi tugʻma fiziologik refleks[1] boʻlib, homiladorlikning 28-32 xaftaligida rivojlanadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda 3-6 oyligida yoʻqoladi. Chaqaloqlar refleksga nisbatan uch xil javob beradi[2]:
- Qoʻllarini yozadi;
- Qoʻllarini yigʻib oladi;
- yigʻlaydi[3] (odatda);
Moro refleksi – Falaj qoʻrquv refleksidan (FQR) farq qiladi [4], undan farqli, u takroriy stimulyatsiya bilan kamaymaydi[5]. Pediatriyada Moro refleksining asosiy ahamiyati markaziy asab tizimining integratsiyasini baholash hisoblanadi[5][6].
Moro refleksini aniqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Refleksni fanga kiritgan Ernst Moro[7] chaqaloq boshining ikki tomonidan yostiqqa barmoq bilan urib, Moro refleksini keltirib chiqaradi. Boshqa usullardan ham ham foydalanish mumkin. Masalan: chaqaloqni tezda pastga tushirish (extiyotkorlik bilan) va tez koʻtarish; yoki qorin terini chimchilash. Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul – chaqaloqni ikkala qoʻl bilan ushlagan holda, boshini bir necha santimetrgacha tanaga nisbatan pastroq ushlash[5].
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moro refleksi homiladorlikning 25-haftasidan keyin erta tugʻilishda toʻliq boʻlmagan shaklda kuzatilishi mumkin va odatda 30-haftada (uchinchi trimestr) toʻliq shaklda namoyon boʻladi. 2-oydan 3-oygacha boʻlgan davrda qoʻllarini yozishi yoki tortishishining yoʻqligi yoki assimetriyasi anormal deb hisoblanadi, chunki 6 oydan katta chaqaloqlarda refleksning davom etishi mumkin emas[5]. Bundan tashqari, neonatal davrda refleks yoʻqligi tugʻilish travması yoki miya patologiyasidan[5] darak beradi. Moro refleksining assimetriyasi juda ahamiyatli, chunki u deyarli har doim asab tizimi kasalligi belgisi hisoblanadi[8]. Moro refleksiga yuqori sezgirlik bachadonda sodir boʻlgan jiddiy miya shikastlanishi, mikrosefaliya va gidroensefaliya[9] boʻlgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Moro refleksiga sezuvchanlikning yuqoriligi yoki pastligi, koʻpincha engil gipoksik-ishemik ensefalopatiyali yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchraydi. Moro refleksi chaqaloqlarda baʼzi dori-darmonlar tasirida ortishi yoki sustlashishi mumkin[10]. 6 oydan oshgan bolalarda Moro refleksining saqlanib qolishi faqat ogʻir nevrologik nuqsonlari boʻlgan chaqaloqlarda, jumladan miya yarim falajida kuzatiladi[11][12].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moro refleksi birinchi boʻlib Gʻarb tibbiyotida 1918-yilda avstriyalik pediatr Ernst Moro (1874-1951) tomonidan fanga kiritilgan. Moro buni quchoqlash refleksi deb atagan [13]. U buni shunday izohlagan: „Agar yangi tugʻilgan chaqaloq tekshiruv stoliga yotqizilsa va barmoq bilan yostiqning har ikki tomoniga urilsa, ikkala oyoq-qoʻlning tez simmetrik yozilishi kuzatiladi va ular darhol adduksiyada bir-biriga yaqinlashadi“. Uning soʻzlariga koʻra, bu refleks bola hayotining dastlabki 3-6 oyidan keyin yoʻqolishi kerak. Shundan beri Moro refleksi chaqaloqlarda erta nevrologik muammolarni aniqlash uchun ishlatiladi[13]. Moro refleksining yoʻqligi yoki uzoq davom etishi chaqaloqning nevrologik yordamga muhtojligini bildiradi.
Funksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moro refleksi chaqaloqning onasiga yopishib olishiga yordam beradigan omon qolish instinkti hisoblanadi. Agar chaqaloq muvozanatni yoʻqotsa, refleks uni onasini quchoqlab, ona tanasiga mahkamlashiga yordam beradi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bolalarda fiziologik refleksi“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ Edwards, Christopher W.; Al Khalili, Yasir (2019), Moro Reflex, StatPearls Publishing, PMID 31194330, qaraldi: 2019-08-06
- ↑ „Yig'lash“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ Fletcher, Mary Ann. Physical Diagnosis in Neonatology. Philadelphia: Lippincott-Raven, 1998 — 472-bet. 978-0397513864. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Suzuki, Yasuhiro (2012). „The Grasp Reflex and Moro Reflex in Infants: Hierarchy of Primitive Reflex Responses“. International Journal of Pediatrics. 2012-jild. 191562-bet. doi:10.1155/2012/191562. PMID 22778756.
- ↑ Springer Reference. Springer-Verlag.
- ↑ „Моро, Эрнст“, Википедия (ruscha), 2023-09-06, qaraldi: 2024-04-06
- ↑ Volpe, Joseph J.. Neurology of the newborn. Saunders/Elsevier, 2008 — 1–648-bet. 9781416039952.
- ↑ Multiple authors. „Moro Reflex - an overview“. ScienceDirect Topics. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
- ↑ Chasnoff, Ira J. (1984). „The Moro Reaction: A Scoring System for Neonatal Narcotic Withdrawal“. Developmental Medicine & Child Neurology. 26-jild, № 4. 484–489-bet. doi:10.1111/j.1469-8749.1984.tb04475.x. ISSN 1469-8749. PMID 6479468.
- ↑ Samuels, Martin A. „Normal Development and Deviations in Development of the Nervous System“, . Adams and Victor's Principles of Neurology, 9th, New York: McGraw-Hill Medical, 2009. 9780071499927. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
- ↑ Agarwal, Anil (December 2012). „Cerebral palsy in children: An overview“. Journal of Clinical Orthopaedics and Trauma. 3-jild, № 2. 77–81-bet. doi:10.1016/j.jcot.2012.09.001. PMID 26403442.
- ↑ 13,0 13,1 Weirich, Angela (2005-10-01). „Ernst Moro (1874–1951)—A great pediatric career started at the rise of university-based pediatric research but was curtailed in the shadows of Nazi laws“. European Journal of Pediatrics. 164-jild, № 10. 599–606-bet. doi:10.1007/s00431-005-1703-2. ISSN 1432-1076. PMID 15931526.
- ↑ Berk, Laura E.. Child Development. Pearson. 978-0-205-61559-9. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.