Kontent qismiga oʻtish

Morpech

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Morpech (fors, mor — ilon) — 1) xrshiya naqsh; ilon izi shaklidagi islimiy naqsh. Amaliy bezak sanʼati (miskarlik, ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi va boshqalar)da keng tarqalgan. "Ilon izi" deb ham yuritiladi; 2) ganch oʻymakorligida yumaloq sirt kesish uchun (oʻyma naqshlarning chetlariga yarim doiralar. boʻrtiqlar hosil qilish, oʻrovlarni qirqish hamda relyeflarga loʻla pardoz berishda) ishlatiladigan keskich, metall qalam (ustun) va yogʻoch dastadan tuzilgan asbob.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil