Moskva badiiy akademik teatri
Moskva badiiy akademik teatri (MXAT), M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik teatri — 1898-yil K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko tomonidan tashkil etilgan. 1901-yilga qadar Moskva Badiiyhammabop teatr deb yuritilgan, 1932-yildan M. Gorkiy nomida. Teatr repertuari, aktyorlik sanʼati, rejissurada isloh amalga oshirildi. A. Chexov ("Chayka" va boshqalar) va M. Gorkiy ("Tubanlikda" va boshqalar)larning pyesalarini sahnalashtirish teatrning ijodiy yoʻnalishini belgilab berdi. Keyinchalik M. Bulgakov ("Turbinlar kuni" va boshqalar), Vs. Ivanov ("Bronepoyezd 14—69") pyesalari ham qoʻyildi. A. N. Ostrovskiyning "Qaynoq qalb", L. Tolstoyning "Yak-shanba", "Anna Karenina" kabi mumtoz asarlarining qoʻyilishida ijtimoiy chuqur tahlilga erishildi.
M. F. Andreyeva, A. R. Artyom, O. L. Knipper-Chexova, M. P. Lilina, V. E. Meyerxold, I. M. Moskvinlar teatrning birinchi aktyorlari. 1987-yildan teatr ikkiga boʻlingan: O. Tabakov rahbarligidagi 1989-yildan Chexov nomida, T. V. Doronina rahbarligidagi M. Gorkiy nomida. "Olchazor" (A. Chexov), "Makbet" (U. Shekspir) va boshqa soʻnggi yillar spektakllaridir. L. Gubanov, G. Kalinovskaya, V. Rassvetayev, K. Rostovseva, G. Shevsov yetakchi aktyorlardir. "Moskva xori" (L. Petrushevskaya), "Kutilgan uchrashuv" (P. Bars), "Uch opasingillar" (A. Chexov) kabi spektakllar A. Chexov nomidagi teatrda sahnalashtirilgan. Aktyorlari: I. Smoktunovskiy, S. Pilyavskaya, I. Miroshnichenko, A. Kalyagin, V. Nevinniy, I. Savvina va boshqa Oʻzbekistonning koʻpgina aktyor va rej.lari MXATda oʻz malakalarini oshirib kelganlar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |