Kontent qismiga oʻtish

Mu'oz ibn Yoqub Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mu'oz ibn Yoqub Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Mu’oz ibn Yoqub Nasafiy (arabcha: معاذ بن يعقوب النسفي — Mu’oz ibn Yoqub Nasafiy — Toʻliq ismi: Abdurrahmon Mu’oz ibn Yoqub Kosoniy Nasafiy (IX asrda yashagan) — Roviy.

Mu’oz ibn Yoqub Nasafiy hadis roviysi bo‘lgan. U haqida tarixchi va tazkiranavis Sam’oniy (1113-67-yillar) „Al-ansob“ („Nasabnoma kitobi“) asarida yozishicha, 834-yil o‘z mablag‘i hisobidan Nasafda jome masjidi, so‘fiylar uchun rabot va suv manbai qurib bergan. Ayni paytda, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, hadisshunoslik borasidagi izlanishlari bilan ham shuhrat topgan. Sam’oniy uning qabrini ziyorat qilgan va alloma qurdirgan masjidni ziyorat qilganligini aytgan.[1]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 468.