Kontent qismiga oʻtish

Mu’iniddin Juvayniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mu’iniddin Juvayniy
forscha: معین‌الدین جوینی
Vafoti 1381-yil
Kasbi Shoir, adib

Mu’iniddin Juvayniy (forscha: معین‌الدین جوینی)(? – 1381) – fors-tojik olimi, soʻfi, shoir va adib, „Nigoriston“ va „Ahsanu-l-Qassas“ asarlari muallifi[1].

Somibek „Qomus ul-aʼlom“ asarida keltirishicha, Mu’iniddin Juvayniy oʻzining „Nigoriston“ asarini 1431-yilda yozgab boʻlib, unda axloqiy hikoyatlar, hikmatlar va sheʼrlar bitilgan[2]. Davlatshoh Samarqandiy „Tazkirat ush-shuaro“ asarida keltirishicha, bu asar goʻzal xatda koʻchirilgan va Ulugʻbekka taqdim etilgan. U esa asarni sevib mutolaa qilib, oʻzi bilan birga olib yurgan[3].

  1. „جوینی، معین‌الدین | دائرةالمعارف بزرگ اسلامی | مرکز دائرةالمعارف بزرگ اسلامی“. www.cgie.org.ir. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.