Mualliflik-huquqiy ekspertizasi
Mualliflik-huquqiy ekspertizasi (inglizcha: copyright expertise) — mualliflik huquqi obyektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, asarlarni muallifning roziligisiz noqonuniy oshkor qilish bilan bogʻliq jinoyat ishlari va materiallar yuzasidan oʻtkaziladigan ekspertiza turi.[1]
Muallifning shaxsiy nomulkiy suquqlari uning mulkiy suquqlaridan qat'i nazar, unga tegishli bo'lib, asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilgan taqdirda ham uning o'zida saqlanib qoladi. Muallifning o'z shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishdan voz kechish to'g'risida biron-bir shaxs bilan kelishuvi va bu haqdagi arizasi o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi.
Ekspertizani oʻtkazuvchi organ
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Republikasida mualliflik-huquqiy ekspertizasi Oʻzbekiston Republikasi Intellektual mulk agentligi mutaxassis (ekspert)lari tomonidan oʻtkaziladi.
Ekspertizaning vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mualliflik-huquqiy ekspertizasi quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- Oʻzbekiston Respublikasining „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“ gi qonuni va xalqaro shartnomalar talablariga koʻra, respublika hududida muhofaza qilinishi lozim boʻlgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari toifasini aniqlash;
- mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash;
- mualliflar va boshqa huquq egalarining mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilganligi, shuningdek ekspertizaga taqdim etilgan asarlar va turdosh huquqlar obyektlarining kontra-fakt yoki litsenzion mahsulot ekanligini aniqlash;
- olib qoʻyilgan asarlar v turdosh huquqlar obyektlarini surishtiruv va tergov organlaridan qabul qilib olish, ekspertizadan oʻtkazish, ularni kelgusoda foydalanish tartibini belgilash.[2]
Ekspertiza obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mualliflik-huquqiy ekspertizasi obyektlari quyidagilardan iborat[3]:
- adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va b.q.);
- drama va ssenariy asarlari;
- matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
- musiqali drama asarlari;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy sanʼatning boshqa asarlari;
- manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼat asarlari;
- arxitektura, shaharsizlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
- fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
- joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarxlar, eskizlar va asarlar;
- barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan, har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, xususan boshlangʻich matn hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin boʻlgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlar;
- boshqa fan, adabiyot va sanʼat asarlari (mualliflik huquqiy obyektlari), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari (turdosh huquq obyektlari).
Ekspertiza o'tkazish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekspertiza o'tkazish uchun ekspertiza tayinlash to'g'risidagi qaror, tergovchining aloqa xati hamda o'rganiladigan obyekt (o'ralgan va muhrlangan holda) taqdim etiladi.
Ekspertizaga quyidagi obyekt va materiallar taqdim etiladi:
- biron-bir obyektiv shaklda bo'lgam oshkor qilingan asarlar, oshkor qilinmagan asarlar:
- yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
- og'zaki ifodalangan ijro (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va hokazo) yozuvlari;
- ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
- tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, bideo yoki fotokadr va hokazo);
- hajmli fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo) va boshqa shakldagi obyektlar.
Mualliflik huquqi boʻyicha xalqaro ekspertlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Goldstein, Timothy Wu, Jesse Abdenour, Ann Bartow, Jane C. Ginsburg, Tonya Evans, Margaret Ann Wilkinson, Patricia Bellia, Jeanne Fromer, Phillip R. Malone, Laura J. Murray va b.q.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%BBzME&redirect=no.
- ↑ https://digitalcommons.law.uga.edu/cgi/viewcontent.cgi?referer=&httpsredir=1&article=1302&context=jipl
- ↑ „MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA“.
- ↑ „copyright law“.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |