Kontent qismiga oʻtish

Mudofaa operatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mudofaa operatsiyasi - qoʻshin ning muayyan reja asosida oʻtkazadigan jangovar harakatlari. Maqsadi — oldindan tayyorlangan muhandislik inshootlariga joylashib, raketa-yadro, aviatsiya va artilleriya zarbalaridan foydalangan holda dushmanga katta talafot yetkazish, oʻz jangovar pozitsiyalarini saqlab qolish hamda hal qiluvchi qarshi hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratishdir. Mudofaa operatsiyasi armiya, front (armiyalar guruhi), frontlar guruhi koʻlamida boʻladi. Mudofaa operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha mavjud qurollardan unumli foydalanish, tez-tez manyovr qilish talab etiladi. Puxta reja asosida oʻtkazilgan Mudofaa operatsiyasi dushmanga katta talafot yetkazadi, qoʻshinning qarshi hujumga oʻtishiga imkon yaratadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil