Muhabbat Yoʻldosheva
Ushbu maqola aktrisa haqida. Yozuvchi haqida Muhabbat Yoʻldosheva (yozuvchi) maqolasiga qarang.
Muhabbat Yoʻldosheva | |
---|---|
Tavalludi |
8-mart 1923-yil |
Vafoti |
6-aprel 2018-yil (95 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Muhabbat Yoʻldosheva (1923.8.3 – Toshkent – 2018.6.4[1]) – Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1939 yildan Respublika yosh tomoshabinlar teatrida ishlaydi. U yaratgan obrazlarning aksariyati ijobiy boʻlib, uning qahramonlari hayotiyligi, samimiyligi, dramatik kuchi, inson psixologiyasini chuqur his qila bilishi va uning ruhiy holatini to-moshabinga toʻliq yetkaza olishi bilan ajralib turadi. „Qamar“ (X. Qosimov) spektaklidagi Qamar uning sahnadagi ilk rolidir. Eng yaxshi rollari: Zolushka („Zolushka“), Gerda („Qor malikasi“), Gʻujumoy („Qovoqvoy va Chanoqvoy“), Moʻʼtabar („Mardlar qissasi“), Galya („Amu qahramonlari“), Juliya („Veronalik ikki yigit“), Yeremeyevna („Noraso“), Dora xola („Tom togʻaning kulbasi“), Ona („Shum bola“) va b. U, shuningdek, travesti rollar ustasi. Telespektakllarda Buviniso („Elmurod“), Xosiyat xola („Erk“), Ona („Qoraqalpoq qizi“), Sora („Gʻulgʻula“), Muloyim xola („Qaynona“), Halima („Xoji afandi uylanarmish“) kabi obrazlar yaratgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni (1997), „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1994)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muxabbat Yuldasheva
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |