Muhammad Ali (hirotlik shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Ali (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir, Pahlavon Darvesh Muhammadning farzandi. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Husom” ismiga bitilgan muammosini keltiradi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.