Muhammad Ali (yozuvchi)
Muhammad Ali | |
---|---|
محمد علي | |
Tavalludi |
1874-yil 13-oktabr Kapurthala shtatining Murar shahrida (hozirgi Ludhiana tumani, Panjob, Hindiston |
Vafoti |
1951-yil 13-oktabr Karachi shahrida vafo etgan, qabri Lahurda |
Fuqaroligi | Hindiston fuqarosi |
Kasbi | Yozuvchi, olim |
Partiyasi | Lahor Ahmadiya harakati |
Veb-sayti | https://maulanamuhammadali.ml/ |
Muhammad Ali (arabcha: محمد علي, 1874–1951yillar) hind yozuvchisi, olimi va Lahor Ahmadiya harakatining yetakchi arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali 1874-yilda Kapurthala shtatining Murar shahrida (hozirgi Ludhiana tumani, Panjob, Hindiston) tugʻilgan. U 1899-yilda ingliz tilida sanʼat magistri va huquq bakalavri darajasini oldi. U 1897-yilda Ahmadiya Harakatiga qoʻshildi va oʻz hayotini sof Islom sifatida koʻrgan narsaning bir qismi sifatida shu harakatga xizmat qilishga bagʻishladi[1]. U 1951-yil 13-oktabrda Karachida vafot etdi va Lahorda dafn qilindi.
Britaniyalik musulmon va Qur’onning ingliz tiliga tarjimoni Marmaduke Pickthall Muhammad Alining „Islom dini“ kitobiga taqrizni Alining ushbu kitob 1936-yilda nashr etilganida yozgan. Ushbu taqriz muharriri Pickthall boʻlgan Hyderabad Deccan (Hindiston) Islom madaniyati jurnalida chop etilgan. Ushbu sharhda Pickthall shunday yozgan edi:
„Ehtimol, hech bir inson islom uygʻonishi yoʻlida Lahorlik Mavlana Muhammad Alidan koʻproq va qimmatroq xizmat qilmagandir. Uning adabiy asarlari marhum Xoja Kamoliddin asarlari bilan birga Ahmadiya Harakatiga shuhrat keltirdi. Bizningcha, hozirgi kitob uning eng yaxshi asaridir. … Bu sunnatni yaxshi biluvchi bir kishining Al-Islomni taʼrifi boʻlib, uning xayolida oʻtgan besh asrdagi musulmonlarning tanazzulidan sharmandalik, qalbida esa tiklanish umidi bor, uning alomatlari hozir koʻrinib turibdi. Koʻpgina musulmon mamlakatlarida islomni isloh qilish va qayta tiklashga ishtiyoqmand insonlar mana shu bilimga ega boʻlmagani uchun xatoga yoʻl qoʻyayotganini koʻrayotgan bir paytda bunday kitobga ehtiyoj juda katta. …Biz Muhammad Alining baʼzi fikrlariga har doim ham qoʻshilavermaymiz. Baʼzida ular bizga gʻayrioddiy koʻrinadi, lekin uning fikrlari doimo asosli, biz uning chuqur samimiyligini doimo his qilamiz. Muqaddas Qur’onga boʻlgan ehtiromining oʻzi uning barcha muhim masalalarda ishini kafolatlash uchun etarli. Shubhasiz, uning umumiy xulosalariga qoʻshilmaydiganlar ham bor, lekin ular Al-Islomning kelajagiga umid qiladiganlar boʻlmaydi“.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad Ali. History and Doctrines of the Babi Movement (Babi harakatining doktrinal tarixi), Lahor shahri, Hindiston, 1933-yil. (Wayback Machine saytida 2020-11-09 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Ali. The Religion of Islam (Islom dini), Pokistan, 1936-yil. (Wayback Machine saytida 2018-04-21 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Ali. The Holy Quran: Arabic text with English translation and Commentary (Muqaddas Qur'on: ingliz tilidagi tafsir va tushuntirishlar bilan), 2002-yil.
- Muhammad Ali. Bayan-ul-Quran: Urdu translation with extensive commentary (Qur'on bayoni: urdu tilidagi tafsir va tushuntirishlar bilan). (Wayback Machine saytida 2011-09-02 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Ali. A Manual of Hadith (Hadis yo`riqnomasi). (Wayback Machine saytida 2021-04-16 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Ali. Muhammad, The Prophet (Payg`ambar Muhammad (s.a.v)). (Wayback Machine saytida 2020-08-13 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Ali. True Conception of the Ahmadiyya Movement (Ahmadiya harakatining konsepsiyasi).
- Muhammad Ali. The Split in the Ahmadiyya Movement (Ahmadiya harakatidagi yemirilishlar).
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ASA 2004 Panels“. Theasa.org. 2006-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-dekabr.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maulana Muhammad Ali, Maulana Muhammad Ali haqida batafsil maʼlumot sayti (Wayback Machine saytida 2021-04-18 sanasida arxivlangan)
- Mavlana Muhammad Alining qudratli intilishlari, batafsil tarjimai holi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muqaddas Qur’on, Lahor, Islomni tadqiq qilish idorasi, Surrey, 1917 (Birinchi nashr)[sayt ishlamaydi] Qur’on arxivi
- Lets Learn Quran (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan) kitobida Maulana Muhammad Alining Qur’on tarjimasi mavjud
- quran-uthmani&format=rows&ver=1.00 Onlayn Qur’on loyihasi (Wayback Machine saytida 2009-01-29 sanasida arxivlangan) Maulana Muhammad Ali tomonidan Qur’on tarjimasini oʻz ichiga oladi.
- Mavlana Muhammad Alining tanlovi Internetda mavjud (Wayback Machine saytida 2021-12-06 sanasida arxivlangan)
- Mavlana Muhammad Ali kitoblari roʻyxati