Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Arfudiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad Arfudiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 990-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Muhammad Arfudiy (arabcha: محمد الارفودى — Abu Ahmad Muhammad ibn Mahfuz al-Arfuduviy) — Roviy.

Muhammad Arfudiy X asr boshida Samarqand tumanlaridan biri Karmanaga qarashli Arfud qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Karmanada olgan. 320/932 yilda Ishtixon va Kushoniya oʻrtasidagi Xushufag'on qishlog'iga kelgan. U yerda muhaddis Abu Hafs Bujayriydan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "Kitabu at-tarix al-avsat“ kitobini oʻrgangan. Undan tashqari jaʼfar ibn Nazir al-Karmaniydan ham taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. Muhammad Arfudiy oʻzi toʻqib bironta hadis aytmagan va rivoyat qilmagan[1].

Muhammad Arfudiy taxminan 380/990-yilda vafot etgan[2].

  1. Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J.1. — Bayrut: Doru ihyoʻu-t-turos, 1979. — B. 183.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1998. — B. 116.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 28.