Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Husayn
Tavalludi
Muhammad Husayn Tolibpuriy ibn Shayh Ali Afsar

Murshidobod, Hindiston
Vafoti Murshidobod, Hindiston
Kasbi Olim

Muhammad Husayn (toʻliq ismi: Muhammad Husayn Tolibpuriy ibn Shayh Ali Afsar; XIX asrda yashagan) — hindistonlik olim va donishmand[1].

Muhammad Husayn Hindistonning Murshidobod shahrida istiqomat qilgan. Uning bir qancha avlodlari munshiylik va dabirlik boʻlib ishlashgan.

U 1877-yilda o‘zining fors tilida yozilgan „Meboyad did“ (Koʻrmoq kerak) nomli kitobini yozib tugatadi. Asarning muqaddimasida keltirilishicha, u ushbu kitobni oʻgʻli Miyon Muhammad Abdul Azimga atab yozgan. Ushbu asar 1900-yilgacha Hindistonda 5 marotaba nashr etilgan[2].

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006-yil — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.