Muhammad Latif Ansoriy
Muhammad Latif Ansoriy | |
---|---|
Tavalludi |
1887-yil 30-sentybar (hijriy 1305-yil Muharram oyi) Britaniya Hindistoni |
Vafoti | 1979-yil |
Fuqaroligi | Pokiston-Hindiston |
Kasbi | professor, olim |
Dini | Islom |
Mashhur ishlari | Tārīk̲h̲-i Ḥasan Mujtabá, Karbalā kī kahānī, Qurʼān kī zabānī |
Muhammad Latif Ansoriy (1887-1979) — professor, olim[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Latif Ansoriy Britaniya Hindistonida tugʻilgan, lekin Hindiston mustaqillikka erishganidan soʻng darhol yangi tashkil etilgan Pokistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Vazirobod shahrida istiqomat qilgan. U hayotining koʻp qismini Keniyada oʻtkazgan. Shu kunga qadar Ansoriy Keniyadagi shia jamiyati tomonidan mamlakatga faol va uyushgan shialikni olib kelgan shaxs sifatida eslanadi[2]. Muhammad Latif Ansoriy hayotining soʻnggi oʻn yilini qisman falaj holda oʻtkazgan. U sermahsul ijod qilgan yozuvchi boʻlsa-da, koʻp kitoblari nashr etilmagan.
Pokistonda yashagan yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Latif Ansoriy Britaniya Hindistonining boʻlinishiga qadar, shuningdek, Pokiston mustaqilligining birinchi oʻn yilligida ham shia ilmiy jamiyatining aʼzosi boʻlgan. U 1940-yillarda Britaniya hukmronligi ostida Panjob Shia Konferensiyasining (PuSC) Bosh kotibi boʻlib ishlagan, tashkilotning passivligi va yillik aʼzolik badallarini undira olmasligi va haftalik „Razâkar“ jurnalini muntazam nashr eta olmasligiga qarshi kurashgan[3]. 1947-yilda Hindiston mustaqil boʻlgandan soʻng Vazirobodga koʻchib kelgan Ansoriy Butun Pokiston shia konferensiyasining (APSC) birinchi Bosh kotibi etib saylangan[4].
Ansoriy bu yillardagi shia tabligʻining ahvoli bilan qattiq tashvishlanib, bu hodisaning shialik kelajagi uchun qanday taʼsir koʻrsatishi haqida koʻp yozgan va gapirgan[5].
Keniyaga migratsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Latif Ansoriy 1950-yillarda Janubiy Osiyodan Keniyaga joʻnab ketgan va oʻzining xorijiy shia jamoalariga vaʼz qilish orzusini amalga oshirgan[2]. Oʻsha paytda Ansoriy allaqachon taniqli din arbobi boʻlib ulgurgan edi, lekin shunga qaramay, Keniyadagi nisbatan taniqli boʻlmagan shia jamoasi tarkibidagi Janubiy Osiyodan kelgan bir qator olimlar safiga qoʻshilgan[6]. Ansoriy u yerda jamiyatning bugungidek farovonlikka erishishi uchun katta yordam bergan. U 1958-yil dekabr oyida Arusha konferensiyasida soʻzlagan nutqi bilan mamlakatda bugungi kungacha eslab kelinadi[2][7]. Uning saʼy-harakatlarining katta qismi Xoja jamoasiga qaratilgan[2].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Eron, Pokiston va Keniyadagi olimlar uning asarlaridan manba sifatida foydalanganlar[8].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Latif Ansoriyning aksariyat asarlari urdu tilida yozilgan. Uning asarlari bugungi kunda bir qancha universitet kataloglari va kutubxonalarida saqlanib qolgan[1].
Ansoriy Sayyid Ali Ashgar Razviy nomi „Islom va musulmonlar tarixining qayta bayoni“ asarida ham manba sifatida tilga olingan[8].
Muhammad Latif Ansoriyning baʼzi nashrlariga quyidagilar kiradi:
- Islam Aur Musalmano Ki Tareekh (Islom va musulmonlar tarixi)[8][9]
- Tārīk̲h̲-i Ḥasan Mujtabá (Al-Hasan al-Mujtaba tarixi)[1][10]
- Shazada-e-Yathrib Alam-e-Hijrat Mein
- Maʼarejal Irfan[11]
- Karbalā kī kahānī, Qurʼān kī zabānī (Karbalo qissasi Qur’on soʻzlarida)[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „WorldCat File“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Synopsis of the Khoja Shia Ithna Asheri - BILAL OF AFRICA“. coej.org. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 45-bet. ISBN 978-0190240967.
- ↑ Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 59-bet. ISBN 978-0190240967.
- ↑ Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 83-bet. ISBN 978-0190240967.
- ↑ „E-Book of 12 Personalities“. dewani.ca.
- ↑ Highlights of Bilal Muslim Mission of Tanzania (1965 — 1986), Page 6
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Sayyid Ali Ashgar Razwy. „A Restatement of the History of Islam and Muslims“. Al-Islam.org.
- ↑ „Online Copy at Ziaraat.com“. ziyaraat.net.
- ↑ „University of Chicago File“.
- ↑ „A picture of a copy of Ma'arejal Irfan“. 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- WorldCat profili
- Kongress kutubxonasi fayli
- VIAF
- Chikago universiteti Tarik̲h̲-i Xasan Mujtaba fayli
- OpenLibrary.org profili
- Viskonsin universiteti-Madison katalogidagi kitoblar (Wayback Machine saytida 2014-12-09 sanasida arxivlangan)
- OCLC tasnifi
- Islam Aur Musalmano Ki Tarekh ziyaraat.net saytida
- Tārīk̲h̲-i Hasan Mujtoba Google Kitoblarida
- Tanzaniyaning Bilol musulmon missiyasining muhim voqealari (1965 — 1986)
- Xoja shia Ithna Asheriyning qisqacha mazmuni
- 12 shaxs elektron kitob