Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Mahmud Gʻoliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Mahmud Gʻoliy (1920-yil 29-noyabr – 2016)[1][2] – Al-Azhar universitetining tilshunoslik va islomshunoslik professori. Gʻoliy Buyuk Britaniyaning Exeter universitetida, keyinroq Michigan universitetida taʼlim olgan. 20 yil davomida Qur’on maʼnolarini ingliz tiliga tarjima qilgan[3].

Gʻoliy islomshunoslik, arab va ingliz tillarida 16 ta kitob yozgan. Ingliz kitoblari orasida Muhammad paygʻambar va birinchi musulmon davlati, Islomda axloqiy erkinlik kabilari kiradi. Gʻoliy Al-Azhar universitetining tillar va tarjima fakulteti asoschisi. Xuddi shu fakultetda professor boʻlib ishlagan. Misr, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa mamlakatlarda Qur’on maʼnolarini turli tillarga tafsir qilish sohasida faoliyat yurituvchi koʻplab islomiy tashkilotlarning doimiy aʼzosi boʻlgan[4][5].