Muhammad Niyozov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Ibrohimovich Niyozov (1908, Chimkent — 1980, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1964). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1934), shu universitetda dekan va prorektor (1934—40), Oʻzbekiston Maorif vaziri oʻrinbosari (1940— 46), Toshkent politexnika instituti rek-tori (1947—63), kimyo texnologiyam ja-rayonlari va qurilmalari kafedrasi mudiri (1953—80). Shu kafedra qoshida polimerlar muammolari laboratoriyani tashkil qilgan. Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya, distillash, ekstraksiya, kuritish va boshqa jarayonlarni intensivlash masalalariga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |