Muhammad Ochil
Muhammad Ochil | |
---|---|
Tavalludi |
24-avgust 1953-yil Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ, Sovuqbuloq qishlogʻi |
Vafoti | 2017-yil |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | OʻzMU |
Janr | dramaturgiya |
Muhammad Ochil (1953-yil 24-avgust Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani, Sovuqbuloq qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli yozuvchisi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ochil 1953-yil 24-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani Sovuqbuloq qishlogʻida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1978-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetida tahsil olgan. Uning ijodga boʻlgan ishtiyoqi talabalik davridan boshlab shakllangan. 1978-yilda uning birdaniga ikkita hikoyasi nufuzli nashrlar, „Sharq yulduzi“ va „Mushtum“ jurnallarida chop etilgan. Yil oxirida „Sharq yulduzi“da berilgan hikoyasi bu jurnal bosh muharriri xalq yozuvchisi Mirmuhsinning tavsiyasi bilan qoʻshni Tojikistonning adabiy nashri — „Sadoi sharq“ jurnalida tojik tilida nashr etildi. 2017-yil vafot etgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ochil 1981-yildan „Qashqadaryo haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri sifatida faoliyat yuritdi. 1983-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimiga ishga kirdi. 1982—1984-yillarda uyushma viloyat boʻlimida adabiy maslahatchi, 1984—2001-yillarda bu boʻlinmaning viloyat boʻlimi masʼul kotibi lavozimida faoliyat olib bordi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ochilning dastlab „Hajv guldastasi“ (1980), „Qulluq“ (1981) deb nomlangan ilk hajviy toʻplamlari chop etildi. Shundan soʻng muallifning „Nishonga tekkan oʻq“, „Shayton operatsiyasi“, „Bermurd uchburchagi“ , „Shapaloq“, „Shayton shotirlari“, „Arvoh ovi“, „Qalam ahli qahqahasi“ nomli oʻndan ortiq hajviy-yumoristik asarlari birin ketin dunyo yuzini koʻrdi[3]. Uning asarlari haqida Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov shunday degan: „Men Muhammad Ochilning ijodini anchadan beri kuzatib kelayotganim uchun bemalol hajvda iqtidorli va qobiliyatli yozuvchilardan deb ayta olaman. „Adabiyot va sanʼat“, „Kitob dunyosi“ haftanoma gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“ jurnallarida adibning yozganlarini oʻqib huzurlanaman“.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Ziyo istagan qalblar uchun! - Muhammad Ochil (1953)" https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/muhammad-ochil-1953
- ↑ „Yozuvchi Muhammad Ochil vafot etdi & Yozuvchining «So’z dunyosi»dan sochqilari“. kh-davron.uz (2017-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-matbuoti/muhammad-ochil-savag-ich-sabog-i-2013