Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Sharif Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Sharif Buxoriy, al-Alaviy, Muhammad Sharif ibn Muhammad al-Husayniy al-Buxoriy (1609—1697) — buxorolik faylasuf va tarixchi. Falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, sheʼriyat, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. „Arrisola addavriya“ („Davriylik haqida risola“) asari makon va zamon masalalariga bagʻishlangan, Adudiddin al-Idjiyning „Adudiyya aqidalari sharhiga hoshiya“ va Saʼduddin Taftazoniyning „Mavlaviy Sharif tahzib sharhiga hoshiya“ asarlariga sharhlar yozgan. Faylasufning „Devoni Sharif“ yoki „Gʻazaliyoti Sharif“ nomi bilan tanilgan devoni ham mavjud boʻlib, turli kotiblar tomonidan koʻchirib kelingan. Uning arab tilshunosligiga oid „Hoshiyai Mavlaviyi Sharif bar favoyidi Ziyoiyya“ („Mavlaviyi Sharifning Ziyoiy foydalariga izohi“) asari boʻlib, u „Al-Qofiya“ga sharh sifatida yozilgan. Bundan tashqari, „Jomeʼ ulmasoyil“ („Masalalar majmui“), „Zubdat ul- afkor“, „Aqoid asoslari haqida risola“, „Mavlaviy Sharif risolasi“, „Nazm ul-muxtasar“ va boshqa asarlar muallifi.

Muhammad Sharif Buxoriy Mir arab madrasasiva mudarrislik qilgan. Uning „Kitobi favoyidi xoqoniyya“ („Xoqonga foydali maslahatlar kitobi“) asari 25 bob va 32 fasldan iborat boʻlib, unda shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid maʼlumotlar, hukmdorlar toʻgʻrisida qiziqarli lavhalar mavjud.

Qahramon Rajabov.[1]

  • Oʻzbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan, T., 1995;
  • Nuritdinov M., Iz istorii obshestvennofilosofskoy misli Sredney Azii v XVI—XVII vekax, T., 1996;
  • Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001;
  • Hoshimxonov M., Mashrabi moʻtabar oʻzim, T., 2002.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil