Muhammad Sodiq Mavroziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“XUMO” – XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida o‘tgan tarixchi. Hayoti va ijtimoiy – ilmiy faoliyatiga oid maʼlumotlar kam. Mavjudlari quyidagicha: asli Marvi Shohijahondan. O‘sha yerda o‘qidi va voyaga yetdi. Shahar Horazm o‘zbeklari tarafidan talon-toroj qilingan yili (XVIII asr 90 yillari) Muhammad Sodiq Najaf va Karbaloga ketib qoldi. Ko‘p vaqt o‘tmay u yerdan Koshonga bordi va o‘sha yerda mashhur shoir va adabiyotshunos olim, hoji Sulaymon Bidguliy Koshoniy (1803-1804 yili vafot etgan)dan aruz (poetika) ilmini o‘rgandi. 1801 y. u Fatx Alishoh Qojor (1797-1834)ning xizmatiga qabul qilindi (ustozi yuqorida nomi tilga olingan Hoji Sulaymon Bidguliy Koshoniy Sabohiyning tavsiyasi bilan) va tarixnavis (voqeanigor) lavozimiga qabul qilindi.

Muhammad Sodiq Marvoziy Fatx shohning topshirig‘i bilan “Tarix-i jahonoro” (“Jahonga oro beruvchi tarix”) degan asar yozdi. Shundan keyin u podshoh devoniga dorug‘a etib tayinlandi.

“Tarix-i jahonoro” ikki jildlik tarixiy asar bo‘lib, unda Eronning Fatx Alishohning dastlabki yigirma yillik hukmronligi (1797-1817) yillaridagi tarixi bayon etilgan. Birinchi jild turklarning kelib chiqishi, Qojorlar sulolasining yuzaga kelishi, Og‘a Muhammadxon (1779-1797) ning podsholik davri, shuningdek Fath Alishohning dastlabki o‘n yil (1797-1806) ichidagi hukmronligi tarixini o‘z ichiga oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).