Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Aliyevich Sultonov (1915.2.2 — Toshkent — 1980.12.7) - gelmintolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), biologiya fanlari doktori (1963). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida kichik ilmiy xodim (1941—43), katta ilmiy xodim (1943—56), gelmintologiya laboratoriya mudiri (1956—78), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1962— 66). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning uy va ov xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan parrandalari gelmintlari, ot oshqozon boʻkasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofaunasini oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

  • Gelminti domashnix i oxotnichyepromislovix ptits Uzbekistana. T., 1967, Gelminti domashnix melkopitayushix Uzbekistana (v soavtorstve), T., 1975.