Muhammad Yaʼqub Buxoriy
Qiyofa
Muhammad Yaʼqub Buxoriy, Muhammad Yaʼqub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxminan 1771 – 1831) – Buxoro amirligida ijod qilgan oʻzbek tarixchi olim, mangʻitlar sulolasining amaldagi hukmdori Doniyolbiy otaliqning (1758—1785) oʻgʻli.
Uning bizgacha „Gulshan ul-muluk“ („Podshohlar gulshani“) nomli tarixiy asari yetib kelgan. Asar 1825—1831-yillarda yozilgan boʻlib, oʻz mazmuni hamda yozilish uslubi bilan 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida yaratilgan tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarning birinchi qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon qilingan, ikkinchi qismi esa muallif yashagan davr tarixiga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anke fon Kyugel’gen, Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyakh ikh istorikov (XVIII-XIX vv.). Almaty: Dayk press, 2004
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |