Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Astug‘dadiyziy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad al-Astug‘dadiyziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 989-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Muhammad al-Astug‘dadiyziy (arabcha: محمد الأستغداديزى — Abu Bakr Muhammad ibn Osim al-Astug‘dadiyziy) — Faqih.

Toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Osim ibn Ramazon ibn Ali ibn Aflah ibn Kosmona al-Astug‘dadiyziy. U X asr boshida Nasafga qarashli Astudadiyza qishlogʻida tugʻilgan. Manbalarda Muhammad al-Astug‘dadiyziy solih, fozil va faqih kishi boʻlgani qayd etilgan.

Muhammad al-Astug‘dadiyziy Abu Bakr Muhammad bin Ahmad bin Xanba, Abu Solih Xalaf bin Muhammad bin Ismoil al-Xayyom, Abu Abdulloh Muhammad bin Muso az-Zarir ar-Roziy va Abu Bakr Ahmad bin Sa‘d bin Bakkar al-Sammaniylardan hadis rivoyat qilishgan.

Muhammad al-Astug‘dadiyziydan Abu Tohir an-Nasafiy va oʻgʻli Abu Jaʼfar Muhammad Astundadiyziylar hadis rivoyat qilishgan.

Muhammad al-Astug‘dadiyziy 378/989-yili zulhijja oyining oʻrtasida vafot etgan[1].

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 137.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.