Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Atshandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Atshandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti Oʻrta asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy va shoir

Muhammad al-Atshandiy (arabcha: محمد الأتشندى — Abulmuzaffar Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Homid ibn Nuʼaym ibn al-Fazl ibn Sahl ibn Farxon al-kotib al-Atshandiy an-Nasafiy) — Roviy

Muhammad al-Atshandiy oʻrta asrlarda Nasafga qarashli Atshand qishlgʻida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni Nasafda olgan. Keyinchalik Buxoroga borgan va u yerda Abu Bakr, Abu Fazl al-Aʼsimiyyindan hadis yozib olgan. U fasohat, ritorika, shʼeriyat va odob ilmlarida mashhur boʻlgan. Fiqh ilmida Abu Hanifa va kalom ilmida muʼtaziliylar tarafdori boʻlgan.

  • "Hadisu ar-ruboviyyot" ("Toʻrt roviydan iborat hadislar")[1][2]
  1. Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J.1. — Bayrut: Doru ihyoʼu-t-turos, 1979. — B. 111.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1988. — B. 81.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 19.