Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Farabriy (Abu Abdulloh)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad al-Farabriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 846-yil (hijriy 231-yil)
Vafoti milodiy 932-yil (hijriy 320yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Muhammad ibn Yusuf ibn Matar ibn Solih ibn Bishr al-Farabriy (hijriy 231-yil (milodiy 846-yil)da tug‘ilib, hijriy 320-yil shavvol oyining 3-sanasi (milodiy 932-yil)da vafot etgan — Imom al-Buxoriy qalamiga mansub „al-Jomiʼ as-sahiyh“ („Ishonchli to‘plam“) asarining roviylaridan. Ko‘plab odamlar uning huzuriga kelib, undan bu kitobdan ilm olganlar. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlarref>Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 124-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2. </ref>.