Muhammad ash-Shoshiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ash-Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1038-yil (hijriy 429--yil) |
Vafoti |
milodiy 1114-yil (hijriy 507-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
(Abu Bakr) Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar ash-Shoshiy, at-Turkiy, ash-Shofiʼiy ((Muharram oyi Mayoforiqinda hijriy 429-yil (milodiy 1038-yil)da tug‘ilib, hijriy 507-yil shavvol oyi (milodiy 1114-yil) Bag‘dodda vafot etgan) — „al-Mustazhiriy“ nomi bilan tanilgan faqih. So‘ngra Bag‘dodga kelgan. Bir jamoa talabalar undan taʼlim olib, kamolot kasb etgan. Nizomiya madrasasida o‘quv bilan bog‘liq ishlarni boshqargan. U Shayx Abu Isʼhoq ash-Sheroziy qabrining yoniga dafn etilgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Hilyatu-l-ulamo fi mazohibi-l-fuqaho“ („Faqihlarning mazhablari haqida ulamolarning ziynati“, muallif uni xalifa al-Mustazhirga bag‘ishlab yozgan va „al-Mustazhiriy“ deb nomlagan, 2 jildli);
- „Sharhu muxtasari-l-Muzniy“ („Muzniyning muxtasariga sharh“, muallif uni „ash-Shofiy fisharhi-l-komil“ deb nomlagan, 20 katta jildda);
- „at-Targ‘ib“ („Targ‘ib“);
- „al-Umda“ („Tayanch“);
- „al-Muʼtamid“ („Ishonchli manba“)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 140-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |