Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 953-yil
Vafoti 1016-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy(arabcha:محمد بن حسن استروشاني — Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy — Toʻliq ismi:Abu Jaʼfar Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin Ustrushaniy (953-1016-yillar)) — faqih.

Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy 342/953-yilda Ustrushanada tavallud topgan.

U Fiqh ilmidan tahsil olish maqsadida 366/976-yili 23-yoshida Bag‘dodga borib, u yerda shayx Saymariy va qozilar qozisi Abu Abdulloh Domig‘oniylarga shogird tushadi. Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy tahsil olib bo‘lganidan so‘ng Baytul Muqaddasga borib, u yerda muqim yashab qoladi. Umrining oxirida yana Bag‘dodga qaytib kelib, shu yerda 407/1016-yili vafot etadi. Uning o‘g‘li Iroqning Mosul shahri yuqorisida joylashgan Ibn Umar orolidagi kurdlarning mustahkam kichkina Fanak nomli qal’asida qozi bo‘lgan.[1]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 694.