Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy(arabcha:محمد بن محمد احسكاتي — Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy — Toʻliq ismi:Abu Abdulloh Husomiddin Muhammad ibn Muhammad ibn Umar Axsikatiy (vafoti 644/1247-yil)) — faqih,nazariyotchi va usulshunos.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy fiqh ilmi nazariyasi, yaʼni usuli fiqhda taniqli, mashhur olim boʻlgan. Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy Fargʻona ulusi poytaxti Axsikatda tugʻilgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fiqh ilmi sohasida mashhur boʻlib ketishiga sabab boʻlgan „Al-muntaxab fi usulil mazhab“ asarini yozgan. Muhammad ibn Muhammad Axsikatiyning shoh asari boʻlgan „Al-muntaxab…“iga Sigʻnoqiyning „Al-vofiy“, Abdulaziz Buxoriyning „Gʻoyatu-t-tahqiq“, Amir Kotib Itqoniyning „At-tibyon“, Abulbarakot Nasafiyning maxsus sharhlari bagʻishlangan. Allomaning „Al-muntaxab…“ asari Lakhnavda (1877 mil., 1318 h., 1324 h.), Dehlida (Hindiston) 1326/1907-yillarda nashr etilgan. Bu nashrlar orasida Muhammad ibn Muhammad Axsikatiyning „Al-muntaxab..“iga Alouddin Abdulaziz ibn Ahmad ibn Muhammad Buxoriyning (739/1330-yil) „Sharhul muntaxab“ kitobi eʼtiborli deb qaraladi (Lakhnav 1671, 1876-yillardagi nashrlari mavjud).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.2. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi