Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Salmon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Salmon
arabcha: محمد بن سلمان آل سعود
Saudiya valiaxd shaxzodasi
Mansab davri
21-iyun 2017-yil – hozirgacha
Monarx Salmon ibn Abdulaziz as-Saud
Oʻtmishdoshi Muhammad ibn Noif

Muhammad bin Salmon Al Saud (arabcha: محمد بن سلمان آل سعود; 1985-yil 31-avgust), arablar orasida MBS yoki MbS nomlari bilan tanilgan, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri hisoblanadi. U, shuningdek, Iqtisodiy va taraqqiyot masalalari boʻyicha kengash hamda Siyosiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha kengash raisi lavozimlarida ham ishlaydi. U Saudiya Arabistonining amaldagi hukmdori sanaladi, u 2022-yilda bosh vazir etib tayinlanishidan oldin ham shu maqomga ega hisoblangan. U 2015-2022-yillarda mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. U qirol Salmonning yettinchi oʻgʻlidir. U Forbes talqini boʻyicha dunyoning eng kuchli 8-kishisi deb topildi.[1] Uning shaxsiy boyligi kamida 25 milliard dollarni tashkil etadi va bu uni dunyodagi eng badavlat qirollik aʼzolari va shaxslaridan biriga aylantiradi.[2]

Muhammad bin Salmon, shahzoda Salmon bin Abdulaziz va uning uchinchi rafiqasi boʻlmish Fahda bintu Falah Al Xitlaynning birinchi farzandi sifatida dunyoga kelgan. Qirol Saud universiteti da huquqshunoslik diplomini qoʻlga kiritganidan soʻng, u otasining maslahatchisi boʻlib xizmat qila boshlagan. Salmon qirol boʻlganidan soʻng 2015-yilda Muhammadni mudofaa vaziri va valiahd shahzoda oʻrinbosari etib tayinladi. Muhammad 2017-yilda qirol Salmonning jiyani valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif ishdan boʻshatilgandan keyin valiahd shahzoda etib koʻtarilgan. Salmon 2022-yilda bosh vazirlik lavozimini oʻz oʻgʻliga topshirdi.

Turli ziddiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad boshqaradigan hukumat avtoritar hukumatndir. Saudiya Arabistonida demokratik institutlar mavjud emas va qirollik boʻylab repressiya keng tarqalgan. Turli Islom olimlari, inson huquqlari hamda ayollar huquqlarini himoya qiluvchi faollar, jurnalistlar, sobiq insayderlar va boshqa siyosiy dissidentlar turli xil qiynoqlar va qamoq jazosiga hukm qilish kabi usullar orqali muntazam ravishda qatagʻon qilina boshlangan va baʼzi xabarlarga koʻra Muhammad „Yoʻlbarslar otryadi“ deb nomlanuvchi guruh yordamida suddan ishlaridan tashqari qotilliklarda foydalanayotganini daʼvo qilingan. Markaziy razvedka boshqarmasining 2021-yilda chop etilgan hisobotiga koʻra, Muhammad Saudiya Arabistonining Washington Post gazetasi sharhlovchisi hamda Saudiya hukumatining tanqidchisi Jamol Khashshogining oʻldirilishini uyushtirganlikda ayblangan ammo Muhammad qotillikka aloqadorligini rad etdi. Muhammad Saudiya Arabistoni boshchiligidagi siyosiy aralashuvlar Yamandagi gumanitar inqiroz va ocharchilikni kuchaytirilishining arxitektori boʻlgan. Uning hukumati Qatar bilan diplomatik inqirozining kuchayishi, 2017-yilda Livan bosh vaziri Saad Haririyning hibsga olinishi, 2018-yilda Kanada bilan diplomatik kelishmovchilik, 2017-yilda Saudiya shahzodalari va milliarderlarining hibsga olinishi, 2018-2019-yillarda Saudiya Arabistoni feministlariga qarshi tazyiqda ishtirok etgan. 2019-yilda Amazon kompaniyasining rahbari Jeff Bezosning telefoniga noqonuniy buzib kirish, 2020-yilda uning amakivachchasi va raqibi Muhammad bin Nayifga xiyonatda ayblovlar qoʻyilgan. Saudiya Arabistonining Bayden maʼmuriyati bilan munosabatlari, ayniqsa, Muhammad 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan neft qazib olish hajmini koʻpaytirish ishlaridan bosh tortganidan keyin yanada keskinlashgan.

Olib borgan islohotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad oʻz hukumatining obroʻsini yaxshilash maqsadida islohotlarni eʼlon qildi. Bularga diniy politsiya vakolatlarini cheklovchi va ayollar huquqlarini yaxshilash, masalan, 2018-yilda ayol haydovchilarga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash va 2019-yilda erkaklar vasiylik tizimining kuchini susaytirish kabi qoidalar yorqin misol boʻla oladi. Uning hukmronligi davridagi boshqa madaniy oʻzgarishlar orasida ayol qoʻshiqchining birinchi Saudiya jamoat kontserti, ayollarni birinchi Saudiya sport stadioniga tashrifi, ishchi kuchida ayollarning ulushini koʻpayishi va elektron viza tizimini joriy etish orqali mamlakatni xalqaro sayyohlarga ochish kiradi, bunda chet ellik fuqarolarga Internet orqali e-vizaga murojaat qilish va berishga ruxsat berildi. Saudi Vision 2030 dasturi neftdan tashqari sohalarga, shu jumladan texnologiya va turizmga sarmoya kiritish orqali mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan. Muhammad davrida Saudiya Arabistoni 2016-yildan beri Rossiya bilan energetika siyosatini muvofiqlashtira boshladi, shuningdek, Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamladi shuningdek 2022-yilda Si Tszinpin bilan keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasini imzoladi. 2023-yilda Saudiya Arabistoni Eron bilan toʻliq diplomatik aloqalarni tikladi va mintaqaviy yaqinlashuvga olib keldi, shu jumladan, Xitoy vositachiligidagi muzokaralardan soʻng Houtislar bilan tinchlik bitimi boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Muhammad bin Salmon 1985-yilning 31-avgustida[3][4][5] shahzoda Salmon bin Abdulaziz va uning uchinchi turmush oʻrtogʻi[6] Fahda bint Falah Al Xitlayn oilasida tugʻilgan.[7] Fahda Rakan ibn Xitlaynning nabirasi va Al Ajman qabilasining boshliqlari boʻlgan Dhaydan bin Xitlaynning nevarasi hisoblanadi.[8] 1915-yilda Dhaydan boshchiligidagi Al Ajman qabilasi Al Saudga qarshi kurashgan, bu vaqtda Salmonning amakisi Saad bin Abdul Rahmon Kanzan jangida halok boʻlgan.[9]

Muhammad onasining olti farzandi orasida eng kattasi va otasining sakkizinchi farzandi va yettinchi oʻgʻli hisoblanadi[6] Uning ukalari shahzoda Turki va shahzoda Xolidlardir.[10] Muhammad Qirol Saud universiteti da huquq boʻyicha bakalavr darajasiga ega.[11]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetni tugatgach, Muhammad otasining shaxsiy yordamchisi boʻlishdan bir necha yil oldin xususiy sektorda ishlagan. U Saudiya Vazirlar Mahkamasi Ekspertlar komissiyasida maslahatchi boʻlib ishlagan[12]. 2009-yilning 15-dekabrida, yaʼni 24 yoshida, otasi Riyod viloyati boshqaruvchisi boʻlganida unga maxsus maslahatchisi sifatida siyosatga kirib kelgan[13]. Bu vaqtda Muhammad Ar-Riyod raqobat kengashi bosh kotibi, Qirol Abdulaziz tadqiqot va arxiv fondi boshqaruvi raisining maxsus maslahatchisi va vasiylar kengashi aʼzosi va Ar-Riyodmintaqasidagi Albir jamiyati kabi bir lavozimdan ikkinchi lavozimga koʻtarila boshladi.[14] 2011-yilning oktyabr oyida valiahd shahzoda Sulton bin Abdulaziz vafot etdi. Shahzoda Salmon hokimiyat tepasiga bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari va mudofaa vaziri boʻlishdan boshladi va u Muhammadni oʻzining shaxsiy maslahatchisi ettib tayinladi.[15]

2012-yilning iyun oyida valiahd shahzoda Nayif bin Abdulaziz vafot etdi. Shahzoda Muhammad ierarxiyada ikkinchi oʻringa koʻtarildi, chunki uning otasi yangi valiahd shahzoda va bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlgan edi. Tez orada u sud tizimini oʻz qiyofasida qayta tiklay boshladi. 2013-yil 2 martda Valiahd Shahzoda Mahkamasi boshligʻi Saud bin Nayif Al Saud Sharqiy viloyat gubernatori etib tayinlandi va Muhammad uning oʻrniga Valiahd Shahzoda Sudiga boshliq boʻldi. Unga vazirlik unvoni ham berildi[16][17][18]. 2014-yil 25-aprelda Muhammad davlat vaziri etib tayinlandi[14].

  1. „The World's Most Powerful People“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  2. „Who Is Mohammed Bin Salman Bin Abdulaziz Al Saud And What Is His Total Net Worth?“. zeenews.india.com. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  3. „Ministries“. Royal Embassy of Saudi Arabia – Washington, D.C. (2003-yil 30-aprel). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  4. „Who is Saudi Crown Prince Mohammed?“. BBC News (2017-yil 6-noyabr). 2017-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  5. Tisdall, Simon. „Mohammed bin Salman Al Saud: The young hothead who would be king“. The Guardian (2017-yil 24-iyun). 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  6. 6,0 6,1 Kirkpatrick, David D.. „Surprising Saudi Rises as a Prince Among Princes“. The New York Times (2015-yil 6-iyun). 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-oktyabr.
  7. „Profile: Crown Prince Mohammed bin Salman“. Al Jazeera (2017-yil 21-iyun). 2017-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  8. Al Labbad, Mustafa. „The new Saudi power triangle“. Al Monitor (2016-yil 27-yanvar). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  9. House, Karen Elliott. „Profile of a Prince: Promise and Peril in bin Salman's Vision 2030“. Belfer Center (2019-yil 27-aprel). 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  10. Alexander Bligh (2018). "Changes in the Domestic-Foreign Policies Relationship in the Saudi Context in the Wake of the Change of the Guard". The Journal of the Middle East and Africa 9 (1): 110. doi:10.1080/21520844.2018.1450015. Archived from the original on 15 February 2023. https://web.archive.org/web/20230215142128/https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/21520844.2018.1450015. Qaraldi: 23 April 2022. Muhammad ibn Salmon]]
  11. „Council of Ministers: Membership“. saudiembassy.net. Embassy of Saudi Arabia, Washington DC. 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  12. „Profile of Prince Mohammed bin Salman - Defense Minister of Saudi Arabia“ (2015-yil 23-dekabr). 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  13. „HRH Prince Mohammed bin Salman bin Abdulaziz to inaugurate Cityscape Riyadh 2011“. AMEinfo.com (2011-yil 31-oktyabr). 2011-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-mart.
  14. 14,0 14,1 „Chairman of the Board“. MISK.org.sa. MISK Foundation. 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  15. „Prince Sultan arrives to Bahrain to attend Bahrain Grand Prix“. Bahrain News Agency (2012-yil 22-aprel). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.
  16. „Leadership's trust in me is my motivation – Muhammad“. Saudi Gazette (2013-yil 3-mart). 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-mart.
  17. „Prince Mohammed appointed president of crown prince court“. Saudi Business News (2013-yil 2-mart). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-mart.
  18. „Prince Mohammed bin Salman appointed Special Advisor to Crown Prince“. Asharq Alawsat (2013-yil 3-mart). 2013-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]