Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Umar al-Kashshiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Umar al-Kashshi
محمد بن عمر الکَشّي
Tavalludi 854
Vafoti 941[1] yoki 951[2][3] yo 978[4]
taxminan Samarqandda
Kasbi Oʻn ikki shia olimidan biri

Abu ʿAmr Muhammad ibn ʿUmar ibn ʿAbd al-Aziz al-Kashshiy (arabcha: أبو عمرو محمد بن عمر بن عبد العزیز الکَشّي) (tugʻilgan sanasi nomaʼlum — milodiy 941 yoki 951 yoki 978-yillarda vafot etgan) al-Kashshiy yoki (forscha) Kashshi nomi bilan tanilgan. Uning biografik baholanilishi (ʿilm al-rijāl) ahamiyatli va hadis ilmiga ixtisoslashgan oʻn ikki shia olimidan biri boʻlgan. U shia rijāl adabiyotidagi toʻrtta asosiy manbadan biri boʻlgan yirik biografik asar boʻlgan Rijāl al-Kashshī asarining muallifi hamdir[5][6][7][8]. Al-Kashshiyning asl qoʻlyozma asarlari hozirga qadar saqlanib qolinmagan, biroq u yozgan kitoblarning bir qismi Shayx Tusiy (995—1067) tomonidan Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl deb nomlangan qisqartmaga kiritilgan.

Al-Kashshiyning aniq tugʻilgan yili aniq emas. Biroq u Muhammad ibn Yaʼqub al-Kulayniy (864-941) ning zamondoshi boʻlgan. Mazkur shaxs Kitāb al-Kāfī asari muallifi boʻlganligi bilan maʼlum va mashhur. Al-Kashshiy va al-Kulayniy Muhammad ibn Ismoil an-Naysaburiy[9] kabi bir qancha ustozlar hamda Ibn Qulavayh kabi hadis ilmining namoyondalarining koʻzga koʻringan shogirdlari bilan birga faoliyat olib borishgan. Bu al-Kashshiyni taxminan al-Kulayniy bilan bir vaqtda, yaʼni 9-asr oʻrtalari va 10-asr oʻrtalari oraligʻida yashaganligidan dalolat beradi[10].

U Movarounnahrning (hozirgi Oʻzbekiston) Kesh yoki Kish (hozirgi Shahrisabz nomi bilan mashhur) nomi bilan tanilgan shahrida tugʻilgan[11].

Yozgan qoʻlyozmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Kashshiyning barcha asarlari bugunga kunga qadar saqlanib qolmay, yoʻq boʻlib ketgan. Biroq, Rijāl al-Kashshī nomi bilan mashhur boʻlgan bir asari, Shayx Tusiy (995—1067) tomonidan yozilgan Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl nomli qisqartma kitobda saqlanib qolingan[12]. Bu asar hadis roviylarining biografik baholanishiga bagʻishlangan boʻlib, undan koʻzlangan maqsad alohida rivoyat qiluvchilarni ishonchli deb hisoblash va islom taʼlimotining asosiy manbalaridan biri boʻlgan rivoyatlarini qabul qilish yoki rad etish kerakligini aniqlashdan iborat edi[13][14].

Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl shia biografik (rijāl) adabiyotidagi eng muhim toʻrtta asardan biri hisoblanadi[15][16].

  1. طوسی, محمد بن حسن. اختیار معرفه الرجال، مقدمه (fa). دانشکده الهیات و معارف اسلامی مشهد — 13-bet. 
  2. حسینی دشتی, سید مصطفی. معارف و معاریف: دایرة المعارف جامع اسلامی (fa). تهران: مؤسسه فرهنگی آرایه, 2000 — 516-bet. 
  3. به نقل از تنقیح المقال و الاعلام (fa). 
  4. Takim 2012.
  5. „معرفی کتاب «رجال کشی» - تبیان“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  6. „اختيار معرفه الرجال المعروف به رجال الكشي - کتابخانه دیجیتال قائمیه“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  7. „کتاب إختیارُ مَعرفَه الرّجال“ (fa). 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  8. „کتاب اختیار معرفه الرجال المعروف به رجال الکشی [چ1 - کتاب گیسوم“] (fa). Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  9. „تضارب آرای رجالی امام خمینی و آیة الله خویی درباره محمد بن اسماعیل - نورمگز“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  10. طوسی, محمد بن حسن. اختیار معرفه الرجال، مقدمه حسن مصطفوی (fa). مشهد: دانشگاه مشهد, 1969 — 4-bet. 
  11. دهخدا, علی‌اکبر. لغت‌نامه دهخدا، ذیل واژه «کشّ» (fa). 
  12. al-Amīn al-ʿĀmilī, Muḥsin (1983–1993). "Abū ʿAmr Muḥammad ibn ʿUmar ibn ʿAbd al-ʿAzīz al-Kashshī". in al-Amīn, Ḥasan. Aʿyān al-shīʿa. 10. Beirut: Dār al-Taʿāruf. 27–28 b. 
  13. „شيخ محمد کشي - مرکز پاسخگویی حوزه علمیه قم“ (fa). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  14. „زندگی نامه شیخ محمد کشی - مرکز تخصصی شیعه شناسی“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  15. „موسوعة طبقات الفقهاء - اللجنة العلمية في مؤسسة الإمام الصادق(ع) - کتابخانه مدرسه فقاهت“ (ar). Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  16. „كليات في علم الرجال - السبحاني، الشيخ جعفر - کتابخانه مدرسه فقاهت“ (ar). Qaraldi: 2021-yil 22-may.