Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mufassir, hofiz |
Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy (arabcha: محمد بن عثمان سمرقندي علي ابادي — Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy — Toʻliq ismi: Imomu-l-Jalil Husomu-l-milla va-d-din Muhammad ibn (vafoti. 642/1245 yil.)) — Hofiz va mufassir.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ibn Usmon Samarqandiy Qur'on qiroati boʻyicha oliy darajaga yetgan hofiz. Alloma 20 yil davomida Samarqanddagi jome masjidlarda Qur’oni karimni juma namozida xatm tushirib, shuhrat qozongan edi.[1]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻrt jildlik „Mutoala fi-t-tafsir“ („Tafsirni qanday mutolaa qilish kerakligi haqida“) nomli mashhur asarini yozib qoldirgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alloma hij. 642-yili zulhijja oyining 18-kuni (milodiy. 1245-yil. 7-may) juma kuni vafot etgan. Qabri hozir Samarqand viloyatining Chelak tumaniga qarashli Aliobod qishlogʻi qabristonidadir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 526.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |