Muhammad paygʻambar muzeyi
Qiyofa
Ochilgan sanasi | 2012-yil |
---|---|
Manzili | Al-Husayn jamoat bog‘i, Amman, Iordaniya |
Muhammad paygʻambar muzeyi (arab. متحف النبي محمد) — Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan Muhammad alayhissalom haqidagi muzey. Muzey 2012-yil 15-may kuni Amman shahridagi Al-Husayn jamoat bogʻida joylashgan Qirol Husayn masjidida Iordaniya qiroli Abdulloh II ishtirokida ochilgan[1].
Muzeyda Muhammad alayhissalomning ba’zi buyumlari, jumladan, soqollarining bir tuki va Vizantiya imperatoriga Islomni qabul qilishga undab yozgan maktublari saqlanadi. Muzey, shuningdek, Muhammad alayhissalom Islomdan oldingi davrda savdo qilish uchun Shomga ketayotganlarida toʻxtab, u zot soyasida dam olgan daraxt koʻchatini ham oʻz ichiga oladi. Daraxt Badia mintaqasida joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „King opens Prophet Museum in Amman“. Jordan News Agency (PETRA) (15-may 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2019-yil.