Muhammadabbos Irisqulov
Muhammadabbos Irisqulov | |
---|---|
Tavalludi |
11-fevral 1938-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Muhammadabbos Tursunovich Irisqulov (1938-yil 11-fevral, Toshkent, O`zbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadabbos Irisqulov 1938-yil 11-fevralda Toshkent shahrining Oʻrda atrofidagi Eski Yakkabozor mahallasida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1957—1962-yillarda Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutining ingliz tili fakultetida oʻqigan. 1962-yilda Hindistonga (Madras shtatining Neyveli shahri) ingliz va rus tillari tarjimoni sifatida ikki yillik xizmat safariga yuborildi. 1964-yilda Hindistondagi xizmat safarini yakunlab, Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutida oʻqituvchilik qila boshlaydi. 1967—1971-yillarda Moskva shahrining Birinchi chet tillari institutining aspiranturasida tahsil olgan. 1971-yilda „Oʻzbek va ingliz tillaridagi kishilik, egalik va oʻzlik olmoshlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Moskva shahrida ilmiy ishni yoqlagandan soʻng yosh olim Toshkent shahriga qaytib, Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutida oʻqituvchilik faoliyatini yana davom ettira boshlaydi. „Oʻzbekiston ingliz tili oʻqituvchilari uyushmasi (Uzbekistan Teachers of English Association, UzTEA)“ga asos solgan. 2000-yildan ushbu uyushmaga rahbarlik qila boshlagan[1]. 2001-yildan boshlab uyushmaga rahbarlik qilishdan tashqari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi dekani sifatida ham ishlay boshlaydi. Hozirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori. 2023-yil 11-fevral kuni Oʻzbekiston davat jahon tillari universitetida Muhammadabbos Irisqulov tavalludining 85 yillik yubileyi nishonlandi[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, turmush oʻrtogʻi Halima Irisqulova, 3 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Marhamat“, „Tezkor rus tili“, „Inglizcha-oʻzbekcha — Oʻzbekcha-inglizcha soʻzlashgich“, „Arabcha-oʻzbekcha-inglizcha lugʻat“ kitoblari muallifi, „100 buyuk siymo“, „Amir Temur in World History“, „Jalolidddin Manguberdi“, „Termez“, „Khiva, The City of A Thousand Domes“ kabi kitoblari tarjima qilgan . 20 dan ortiq kitoblar, 10 dan ortiq tarjima kitoblar va 100 ga yaqin maqolalar muallifidir[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi“(1998-yil 25-sentyabr)[1], „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ (2001-yil 24-avgust)[2], „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006-yil 19-iyun), „Doʻstlik“ ordeni (2006-yil 25-avgust)[3], 2013-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2019-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 24.08.2001 йилдаги ПФ-2921-сон Фармони“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 25.08.2006 йилдаги ПФ-3790-сон Фармони“.
- ↑ „Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2019-yil 28-sentyabr).
- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston olimlari
- Tilshunoslar
- Oʻzbek tarjimonlari
- Fan nomzodlari
- Professorlar
- Dekanlar
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari