Muhammadjon Obidov
Muhammadjon Obidov | |
---|---|
Tavalludi |
1951-yil Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | jurnalist, yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1972-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Fotimaxon Obidova |
Mukofotlari | O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, Oltin qalam Milliy mukofoti |
Muhammadjon Dolimjonovich Obidov — taniqli oʻzbek jurnalisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoniga sazovor boʻlgan.[1]
Bolaligi va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadjon Obidov 1951-yilda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida kolxoz tabelchisi oilasida dunyoga keladi. Otasi Dolimjon Obidov Oxunboboyev tumanidagi Frunze kolxozida tabelchi va hisobchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik 1956-yildan boshlab savdo bilan shugʻillangan. Onasi Salimaxon Obidova uy bekasi boʻlgan.
1968-yilda Margʻilondagi 14-maktabni tugatgan Muhammadjon Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kiradi va 1973-yilda universitetni tugatadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1972-yildan boshlab, xali talabalik chogʻimdayoq Toshkent televideniyesining „Yoshlik“ studiyasida muharrir boʻlib ishlagan Muhammadjon Obidov keyinchalik „Yosh Leninchi“, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetalari, „Oʻqituvchi“ nashriyotlarida muxbirlik va muharrirlik qilgan.
1990-yilda televideniyada faoliyatini davom ettirib, Axborot dasturida muharrirlik va muxbirlik qilgan.
2000—2004-yillarda Oliy Majlis deputati boʻlgan.
2005-yildan hozirgacha O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2005—2009-yillarda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputati
2008-yildan boshlab o‘rindoshlik asosida „O‘zbekiston ovozi“ gazetasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri boʻlib ishlamoqda.
U, shuningdek, Fargʻona viloyat hokimining matbuot kotibi boʻlib ham ishlagan. 2020-yilda jamoatchilik tomonidan qilingan tanqidlaridan soʻng vazifasini tark etgan va „Fargʻona haqiqati“ gazetasining bosh muharriri etib tayinlangan.[2]
Muhammadjon Obidov 1975-yilda 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Unga O‘zbekiston SSR Jinoyat Kodeksining 15-, 175-moddalariga koʻra olib-sotarlik bilan shugʻillanganlik aybi qoʻyilgan.[1]
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda uning faoliyati jamoatchilikning tanqidlariga duch keldi. Fargʻona viloyat hokimining matbuot kotibi sifatida Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasida shartnoma asosida ishlaydigan Usmonjon Qodirov bilan bogʻliq muammoli vaziyatda,[3] hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va koʻpchilikning tanqidlariga sabab boʻlgan sovuq kunda hokim va bir qancha mansabdor shaxslarni kutib olish uchun yozgi kiyimda koʻchaga chiqqan qizning rasmi ortidan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, jurnalist Sharifa Madrahimovaning qoʻlga olinishi va Facebookda bu vaziyatni bayon etishi ortidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Muhammadjon Obidovni jurnalistni himoya qilmaganlikda aybladi.[4] M. Obidov esa unga qilinayotgan ayblovlar „gʻirt yolgʻon va tuhmatdan iboratligini“ takidlaydi.[5]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadjon Obidov oilali. Turmush oʻrtogʻi Fotimaxon Obidova huquqshunos boʻlib ishlagan. Ularning toʻrt nafar farzandlari bor.[1]
Jurnalistikaga oid kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Jurnalist surishtiruvi: tajriba va tahlil“[6]
- „Farg‘ona jurnalistikasi“
- „Farg‘ona: istiqloldan istiqbolga“[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „BBC mehmoni - taniqli jurnalist Muhammadjon Obidov“.
- ↑ „Пресс-секретарь хокима Ферганской области покинул должность после общественной критики“.
- ↑ „Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot kotibining yosh bloger qamalishiga aloqasi yo‘q“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Muhammadjon Obidov «ikki o‘t orasida»mi?“.
- ↑ „Муҳаммаджон Обидов танқидларга жавоб берди“. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „Farg‘onada jurnalist Muhammadjon Obidovning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi“.
- ↑ „Мен кўрган дунё“.