Muhammadniyoz Nishotiy
Ushbu sahifani Nishotiy Muhammadniyoz bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega.
Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
Yirik asari „Husnu Dil“ dostoni Buxoroda 1778-yil yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. „Qushlar munozarasi“ asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi.
Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixoʻjaev, M.Qosimova va boshqalar tomonidan oʻrganilgan.
Nashr qilingan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. -T.: 1967.
- Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. «Guliston». −1970. № 1.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy. — T.: 1976;
- Valixoʻjaev B. Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan. — T.: 1975;
- Abdullaev V. Nishotiy. Kitobda: Saylanma. — T.: 1982.