Muhiddin Umrdinov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhitddin Umrdinov | |
---|---|
Tavalludi |
1912-yil 10-aprel |
Vafoti | 1981-yil 21-may |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1937—1939, 1941—1945 |
Mukofotlari |
Sovet Ittifoqi Qahramonining "Oltin Yulduz" medali Lenin ordeni 2-darajali Vatan urushi ordeni Qizil Yulduz ordeni SSSR medallari |
Muhitdin Umrdinov (1912-yil 10-aprel, Quva tumani Boyiston qishlogʻi — 1981-yil 25-may) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi[1]. Dogʻistonning Derbent shahrida yongʻindan saqlash boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1937—1939-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan, 1942-yilda frontga yuborilgan. 1-Belorussiya fronti 3-armiya 269-diviziyasi 1022-oʻqchi polki komandiri yordamchisi boʻlgan. Belorussiyani ozod etishdagi janglarda iishtirok etgan. Oryol viloyati qishloqlarini qoʻlga kiritishda koʻrsatgan alohida jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramon unvoni bilan taqdirlangan (1944-yil 4-iyun). Belorussiya faxriy fuqarosi. Urushdan soʻng oʻz qishlogʻiga qaytib, jamoat xoʻjaligida ishlagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhitdin Umrdinov 1912-yil 10-aprelda O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hozirgi Quva tumanidagi Boyiston qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan[2]. Millati —oʻzbek. 10-sinf va maxsus maktabni tamomlagan. Dogʻiston ASSRning Derbent shahrida oʻt oʻchirish boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.
Umrdinov 1937—1939-yillarda Qizil Armiyaga chaqirtilgan va 1942-yildan armiya tarkibida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. 1022-oʻqchi polki 269-oʻqchi diviziyasi vzvod komandiri yordamchisi katta serjant Umrdinov Oreldagi hujum operatsiyasida oʻziga xos jasorat va qahramonlik koʻrsatganligi bilan boshqalardan ajralib turgan. 1943-yil 4-avgustda Oryol chekkasidagi Pleshcheyevo qishlogʻi (Oryol viloyati) yaqinidagi jangda oʻz vzvodini birinchi boʻlib hujumga oʻtishga undagan va dushman bilan kechgan qo‘l jangida uning vzvodi 20 nafar fashistni yo‘q qilishga erishgan. Ushbu qoʻl jangidan soʻng dushman askarlari xandaqlarni tashlab, ortga qochib ketgan.
14-avgust kuni Umrdinov jangchilariga Krivosheina qishlog‘i yaqinidagi balandlikni himoya qilib, dushmanga yaqinlashish va jangda uning o‘t o‘chirish tizimini o‘rganish vazifasi qo‘yiladi. O‘n besh nafar tajribali jangchi cho‘qqilar sari sudralib ketadi. Qasddan uyushtirilgan otishma tufayli chalgʻigan dushman Umrdinov guruhini payqashga ulgurmaydi va vzvod bundan darhol foydalanadi: otishma, granata portlashlari, avtomatlardan oʻq otishlar, baland ovozda aytilgan „Ura!“ qichqiriqlariga dushman dosh berolmaydi va zudlik bilan ortga qochib ketadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 4-iyundagi Farmoni bilan Muxitdin Umrdinovga Lenin ordeni, „Oltin yulduz“ medali bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
1944-yil yanvar oyida Umrdinov jangda ogʻir yaralanadi va uzoq vaqt kasalxonada davolanish ishlaridan soʻng, nogironligi sababli 1945-yilda yurtiga demobilizatsiya qilinadi. Umrdinov urushda ikki yil davomida shaxsiy jangovar hisobda 200 dan ortiq fashistlarni yoʻq qilgan, 6 nafarini asirga olishga muvaffaq boʻlgan.
Urushdan keyin O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi „Kommunizm“ kolxozi raisi, so‘ngra shu kolxozning taftish komissiyasi raisi lavozimlarida xizmat koʻrsatgan.
1997-yil may oyida toshqin paytida Umrdinovlar uyidan uning „Oltin yulduz“ medali oʻgʻirlab ketiladi. Medal va mukofot varaqasi Oʻzbekistondan yashirinchaGermaniyaga olib ketiladi. Keyinchalik amerikalik yozuvchi Henry Sakaida medalni sotib oladi. Sakaida Umrdinovlar oilasiga medalning haqiqatdan ham unga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbot koʻrsatilishini va shundan keyin uni Umrdinovlar oilasiga qaytarishi mumkinligi mazmunida xat yo‘llaydi, shuningdek, maktubda medal hozirda uning qoʻlida ekanligini ham aytib o‘tadi. Bunga javoban Umrdinovning o‘g‘li Rahmatjon Umrdinov Sakaidaga otasining medalini qaytarib sotib olishni taklif qiladi. Amerikalik yozuvchi oʻziga tegishli boʻlmagan narsa uchun pul olishni mumkin deb hisoblamaydi va medalni Umrdinovning oʻgʻliga tekinga qaytarib berib yuboradi.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramonining „Oltin Yulduz“ medali (06.04.1944);
- Lenin ordeni (06.04.1944);
- 2-darajali Vatan urushi ordeni (08.09.1943);
- Qizil Yulduz ordeni (01.13.1944);
- SSSR medallari.
Yodgorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzi istiqomat qilgan qishloqdagi koʻcha va maktabga Umrdinovning nomi berilgan[3]. Qahramon nomi Moskvadagi Gʻalaba bogʻidagi Ulugʻ Vatan urushi markaziy muzeyining Shon-sharaf zalida oltin harflar bilan oʻyib yozilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UMRDINOV“.
- ↑ „UMRDINOV MUHIDDIN“.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |