Kontent qismiga oʻtish

Mulkdor (gazeta)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"MULKDOR" — haftalik iqtisodiy gazeta. 1994-yil 31-avgustda "Yogʻdu" nomi bilan chiqa boshlagan. 1995-yil 21-yanvardan qozirgi nomda. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Koʻchmas mulk birjasi va "Matbuot tarqatuvchi" ak-siyadorlik kompaniyasi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi iqtisodiy islohotlarning borishi, kichik va oʻrta biznesning faoliyati, ishbilarmonlar, dehqon va fermerlarning ilgʻor tajribalari keng yoritiladi. Bevosita kichik va oʻrta biznes tuzilmalariga oid xuquqiy-normativ hujjatlar, jahon iqtisodiyotiga doir maʼlumotlar, mahsulotlar va xizmatlar reklamasi, xorij iqtisodiy yangiliklari, turli mavzulardagi ilmiy-ommabop maqolalar eʼlon qilinadi. Gaz.ning "Tadbirkor va huquq", "Mulkdor — sport" kabi ilovanashrlari bor. Gaz. 16 sahifa (A-3 bichim)da bosiladi. Adadi 3,5 ming nusxa (2003). Bosh muharriri M.A.Abdurahmonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil