Kontent qismiga oʻtish

Mulla Mir Hakim xonaqohi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hakim mulla mir xonaqohi – Buxoro viloyati Romitan tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr). Xalq orasida „Hazrati Eshon“ nomi bilan mashhur boʻlgan Shayxulislom Amir Husayn mulla Mir tomonidan qurilgan; bosh peshtoq oldidagi qabrtoshiga uning ismi va vafot etgan sana (1587) oʻyib yozilgan. Xonaqoh toʻrtbur-chak tarhli (17,5x21,5 m, balandligi 20 m), peshtoq-gumbazli (3 tomoni peshtoq-li), markaziy gumbazli jamoatxona (tarhi 8,5x8,5 m) hamda burchaklardagi xona (hujra)lardan iborat. Bino 2 qavatli, asosiy tarzi ulugʻvor, 2 yoniga guldastalar ishlagan. Gumbaz 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan, poygum-bazda ravoqli darchalar bor; gumbaz osti ravoqli bagʻallaridagi iroqi muqarnaslar kosalari zangori, qizil ranglar bilan pardozlangan. Guldastalar ichidagi aylanma zina orqali ravoqli qafa-saga chiqiladi (qafasadagi bir ochiq ravoq orqali xonaqoh tomiga oʻtish mumkin).