Mulla Qosim jome masjidi
Mulka Qosim jome masjidi – Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan markaziy masjid hisoblanib, masjid XIX asrning 80-yillarida qurilgan. Qadimiy masjidlardan biri. Mustaqillik yillarida jome masjid maqomini olgan. Eski guvalaklardan qurilgani uchun soʻnggi paytda ibodat qilish uchun noqulayliklar boʻlayotgani bois Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan 2020- yil yanvar oyida zamonaviy, talablarga mos tarzida qurilishi boshlandi Qurilish qarori aholi, namozxonlarga mos kelib 0.55 gk hudunda jami 2500 kishiga moʻljallangan xonaqoh qurilishi boshlandi va 2021- yil Ramazon oyi da ochildi. masjid hududida xonaqoh, tahoratxona mavjud boʻlib, kelgan mehmonlar uchun bepul kutubxona ham faoliyat yuritadi.
Ayni vaktda masjid imom-xatibi: Alimjanov Azimjon Abduvaxitovich
Masjid manzili: Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi 31 uy. Tel.: +998 71 268 81 72 Masjidga olib boradigan transportlar: Avtobus: Marshrut:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]https://masjid.uz/toshkent-v/toshkent-sh/mirzo-ulugbek-tumani/223-mulla-qosim.html