Kontent qismiga oʻtish

Mullaqandovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mullaqandovlar — aka-uka maqomchi xonanda va sozandalar. Oʻzbekiston xalq artistlari (1936). Mixail Aronovich (1896—Samarqand — 1956). Ota Jalol Nosirov, Levina hofiz Boboxonovlardan maqomlarning cholgʻu va ashula yoʻllarini urgangan. Akalari Nasim, Abo, Shalamo, Manashi va ukasi Gabriel M. bilan birgalikda maqom ijrochiligida tanilgan. Samarqanddagi turli madaniyat va teatr muassasalari (1923—41 va 46—48), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1941—46), Oʻzbekiston radiosi krshidagi oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (1949—52) da xonanda va sozanda (tanbur, doyra). Maqomlarning cholgʻu va, ayniqsa, ashula yoʻllarini mahorat bilan ijro etgan. U ijro etgan Talqini Uz zol, Nasri Uz zol, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Savti kalon, Moʻgʻulchai Navo va boshqa murakkab ashula yoʻllarini Yu. Rajabiy notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. Repertuaridan oʻzbek, tojik ashulalari keng urin olgan. Gabriel Aronovich (1900— Samarqand — 1971). Samarqanddagi buxoro yahudiylari klubi (1921—23), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1932— 35)da xonanda va sozanda (tor, tanbur, dutor, doyra), Samarqanddagi yahudiylar teatrida aktyor, xonanda va sozanda (1935—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasida (1941—50) xonanda va sozanda. Repertuaridan Samarqand Ushshogʻi, Qoʻqon Ushshogʻi, Oromijon, Qashqarchai Buzruk, Iroq, Toshkent Irogʻi kabi maqom yoʻllari bilan birga oʻzbek bastakorlari ashulalari ("Bebokcha", "Guluzorim" va boshqalar), tojik ("Diliman", "Xokistari dil" va boshqalar), ozarbayjon ("Qurbon oʻlam" va boshqalar) ashulalari oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil