Kontent qismiga oʻtish

Multivibrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Multivibrator (multi... va lot. vibro — tebrataman) — ikki kuchaytirgich (lampa) li elektr tebranishlar generatori. Ikkala kuchaytirgich oʻzaro musbat teskari aloqa bilan bogʻlangan. M.ning elektron lampalar, tranzistor, tiristor va integral sxemapardan yasalgan bir necha variantlari bor. M.da tebranish birdaniga bir holatdan (lampa L1 — ochiq, lampa L2 — berk) ikkinchi teskari holatga (lampa L, — berk, lampa L2 — ochiq) oʻtadi (1rasm). M.da Gs dan minglarcha kGs chastotali toʻlqinlar hosil qilish mumkin. Tranzistorli M. keng qoʻllanadi. Agar bir tipdagi (r—p—r yoki p—r—p) tranzistorlardan foydalanilsa, kuchaytirgichlar galmagal uygʻonadi (G, vaqtda bir kuchaytirgich, T2 vaqtda ikkinchi kuchaytirgich uygʻongan holatda boʻladi, 2rasm). Bunday M. ikki fazali M. de-yiladi. Koʻp fazali (p fazali) M.lar ham bor. M. televideniye, radiolokatsiya va boshqalarda aloqa impulyelari olish, chastotani koʻpaytirish va boʻlish hamda elektr zanjirlarni kontaktsiz almashlab ulashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil