Kontent qismiga oʻtish

Mumtaz Shanti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mumtaz Shanti
ممتاز شانتی
Tavalludi
Mumtaz Begum

28-may 1926-yil
Vafoti 19-oktyabr 1994-yil(1994-10-19)
(68 yoshda)
Lahore,Pokiston
Fuqaroligi Hindiston, Britaniya Hindistoni va Hindiston ittifoqi
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1937 — 1983
Turmush oʻrtogʻi Wali Sahib
Bolalari Sikander Wali
Zafar Iqbal

Mumtaz Shanti (1926-yil 28-may — 1994-yil 19-oktyabr) 1940 va 1950-yillarda Hindiston va Pokiston kinolarida mashhur boʻlgan aktrisa.[1] Basant va Kismet filmlaridagi rollari tufayli uni Jubilee Girl (Yubiley qiz) deb atashgan. U Mangti (1942), Basant (1942), Badalti Duniya (1943), Kismet (1943), Dharti Ke Lal (1946), Ghar Ki Izzat (1948) va Aaxuti (1950) kabi filmlarda suratga tushgan.[2]

Mumtaz 1926-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyatining Gujrat tumanidagi Dinga shahrida panjoblik musulmon oilasida tugʻilgan. Mumtazning onasi u juda yoshligida vafot etgan va uni xolasi boqib qolgan. Mumtozning amakisi uni ashula va raqsni oʻrganishga undagan, u Lahorga tashrif buyurganida Valiy Sohib uni koʻrib qolgan va u Kalkuttaga borib, 1937-yilda Sohni Kumharon filmida suratga tushgan.

Mumtaz Shanti Ashok Kumar bilan Kismet filmida (1943)

Mumaz Shanti faoliyati 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida yosh Dilip Kumar ishtirokidagi Basant (1942), Kismet (1943) va Ghar Ki Izzat (1948) kabi mashhur filmlar bilan choʻqqiga chiqqan.[3][4][5][6]

Basant filmidagi Shanti (1942)

Kismet uning faoliyatidagi ulkan xit boʻldi.[7][8][9] U va Ashok Kumar ishtirok etgan film kassa daromadlari boʻyicha oldingi barcha rekordlarni yangiladi. Bu Kalkuttadagi Roxy kinoteatrida uch yil davomida rekord koʻrsatdi. Bu rekord 32 yildan keyin Sholay filmi tomonidan yangilangan.[10]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumtoz Shanti Bollywoodga kirishdan oldin kinorejissyor va yozuvchi Vali Muhammad Khanga turmushga chiqqan, keyin ikkalasi ham 1950-yillar boshida Pokistonga koʻchib oʻtgan va Vali Sohib 1977-yilda yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Mumtaz Shanti 1994-yil 19-oktyabrda Pokistonda vafot etgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Til Manba
1937 Sohni Kumxaran panjob
1940 Chambe Di Kali panjob
1942 Mangti panjob
1942 Basant hind [11]
1943 Savoal hind
1943 Kismet Hind
1944 Bhartruhari hind
1944 Pagli Duniya hind
1945 Chand Chakori hind
1946 Dharti hind
1946 Magadxraj hind
1946 Pujari hind
1946 Shravan Kumar hind
1947 Divoniy hind
1947 Dusri Shodi hind
1948 Ghar Ki Izzat Hind
1948 Heer Ranja Hind
1948 Padmini hind
1950 Aahuti hind
1950 Biwi hind
1950 Putli hind
1952 Sanskar hind
1952 Zamane Ki Hava hind
1975 Aakraman hind
1983 Chatpati hind
  1. „Mumtaz Shanti – Interview“. cineplot (2019-yil 3-iyul). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  2. „Profile of Mumtaz Shanti“. cineplot (2020-yil 7-avgust). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.
  3. „Ghar Ki Izzat (1948)“. cineplot (2020-yil 28-sentyabr). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  4. „Mumtaz Shanti“. Cineplot (2022-yil 24-iyun). 2022-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  5. One Hundred Indian Feature Films: An Annotated Filmography — 109-bet. 
  6. Bless You Bollywood!: A Tribute to Hindi Cinema on Completing 100 Years — 108-bet. 
  7. Bollywood: A Guidebook to Popular Hindi Cinema — 145-bet. 
  8. Routledge Handbook of Indian Cinemas — 165-bet. 
  9. Encyclopaedia of Hindi Cinema — 446-bet. 
  10. „Kismet: The biggest blockbuster before 'Sholay'“. The Times of India. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  11. Bollywood's Top 20 Superstars of Indian Cinema — 115-bet.