Munavvar Isoqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munavvar Isoqova
Tavalludi 1940-yil
Vafoti 2014-yil 11-iyun, Toshkent tumani
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Davlat va jamoat arbobi, qishloq xoʻjaligi xodimi, sut sogʻuvchi
Mukofotlari

Munavvar Isoqova (1937-yil, Orjonikidze tumani, Toshkent viloyati — 11-iyun 2014-yil, Toshkent tumani, Toshkent viloyati) — davlat va jamoat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1975), KPSS aʼzosi (1964)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munavvar Isoqova 1940-yil Orjonikidze tumanida tavallud topgan. Isoqova 1957-yilda Kalinin tumanidagi „Oʻzbekistonning 40 yilligi“ (ruscha: 40 лет Узбекистана) kolxozida oʻz ish faoliyatini boshlagan, 1959-yildan Orjonikidze tumanidagi „Oʻzbekistonning 50 yilligi“ (ruscha: 50 лет Узбекистана) kolxozida sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. 6—10-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963–1985), Oʻzbekiston KP MK, Prezidum va Toshkent viloyati komiteti aʼzosi, KPSS 24-syezdi delegati (1971) boʻlgan[2].

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan, 2014-yil 11-iyun kuni 74-yoshida vafot etgan[1]. 2 marta Lenin ordeni (1973-yil 6-sentyabr; 1975-yil 10-fevral) bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Sergey Kuzovatov. „Isakova Munavvar“ (ruscha). 2022-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. M. Pruger. „Slova Munavvar krepkoye“ (ruscha). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №258 (18230) 2-bet (3.11.1976). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]